Kun.uz muxbiri xabariga köra, prezident endokrinologiya xizmatini takomillaştiriş böyiça köriladigan birinçi galdagi çora-tadbirlarni belgilab berdi. 

Bular:

- kelgusi yildan 40 yoşdan oşgan barça aholi (10 million nafar) yiliga kamida bir marta manzilli endokrin skriningdan ötkaziladi;

- tibbiyot brigadalari va poliklinikalarning 14 mingdan ziyod oilaviy va ta'lim muassasalari şifokorlari endokrin kasalliklarni aniqlaş va birlamçi yordam körsatişga öqitiladi;

- har bir tibbiyot brigadasi ekspress-testlar ötkaziş uçun glyukometr bilan ta'minlanadi;

- endokrin kasalliklar aniqlangan aholining yagona elektron reyestri işga tuşiriladi;

- kelgusi yil 1 iyuldan 2 million nafar ayollar, 3-15 yoşdagi bolalar yod preparati bilan bepul ta'minlanadi;

- qandli diabet uçun metformin preparati 200 mingdan ziyod ehtiyojmand aholiga bepul tarqatiladi;

- bolalar va kattalarni odam insulini bilan bepul ta'minlaş dasturi davom ettiriladi. Bunda ilk bor 25 yoşgaça bölgan yoşlarga analogli insulin beriladi.