Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Piyoda belgilanmagan joyni kesib o‘tayotgan bo‘lgan”. Toshkentda o‘lim bilan yakun topgan avtohalokat yuzasidan ma'lumot berildi
Piyoda yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan bo‘lgan va avtotransport vositalari orasidan to‘satdan avtobus yo‘liga chiqib qolgan. Avtohalokat piyoda o‘limi bilan yakun topgan.
10 dekabr kuni soat 18:40larda Toshkent shahri Yunusobod tumanida “2-Avtobus saroyi” MChJ tasarrufidagi saroy raqami 23 bo‘lgan, Mercedes Benz LF rusumli avtobus va piyoda o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
“Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati mazkur holat yuzasidan ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, avtobus “Minor” metro stansiyasi binosi qarshisida yo‘lning qatnov qismini piyodalar uchun belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan bo‘lgan va yo‘ldagi avtotransport vositalari orasidan to‘satdan chiqib qolgan piyodani urib yuborgan. Natijada piyoda voqea joyida vafot etgan.
“Hozirda mazkur yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi tergov bo‘limi xodimlari tomonidan dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda. “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan xizmat surishtiruvi o‘tkaziladi”, deyiladi manba ma'lumotida.
Avvalroq, avtohalokat bo‘yicha xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:30 / 23.06.2026
Haydovchiga sug‘urta tovoni uchun aybdor tomon sug‘urtalovchisiga murojaat qilish imkoniyati berildi
19:59 / 23.06.2026
Tesla avtopilot rejimida uyga urildi va ichidagi ayolni o‘ldirdi
17:35 / 23.06.2026
Xorazmda qahvaxonaga bostirib kirgan Cobalt voqeasi: 2 kishi jiddiy jarohatlangani ma’lum bo‘ldi
09:30 / 17.06.2026