14:25 / 11.12.2021
2165

Xo‘jaylida 3 nafar o‘qituvchining qariyb 125 mln so‘mlik ustama haqi undirib berildi

Xo‘jayli tuman adliya bo‘limiga tuman XTBga qarashli umumta'lim maktablarda ishlayotgan 3 nafar o‘qituvchidan murojaat kelib tushgan. Unda qoraqalpoq tili va adabiyoti fani bo‘yicha olimpiadaning respublika bosqichi g‘olibi bo‘lganligi, lekin ish joyidan lavozim maoshiga har oy 100 foizlik ustama pullari to‘lanmayotganligi aytilgan.

Foto: KUN.UZ

Xo‘jayli tuman adliya bo‘limi boshlig‘i F.Naranovaga ko‘ra, haqiqatan ham yuqorida ko‘rsatilgan ustama pullari o‘rganish kuniga qadar to‘lanmasdan kelganligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston prezidentining 2019yil 3maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4306-son qarorining 5-bandi “g” kichik bandida asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 100 foizlik ustama haqi to‘lanishi belgilangan.

Yuqoridagilarga asosan, tuman adliya bo‘limi tomonidan 3 nafar o‘qituvchining ustama pullarini to‘liq undirish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritgan. Ayni paytda 3 nafar o‘qituvchining jami 124 mln 622 ming 267 so‘m miqdorda ustama undirish bo‘yicha sud buyrug‘i chiqarilgan.

Bundan oldin Qoraqalpog‘istonda 36 nafar xodimning 70 mln 763 ming 764 so‘m ustama pullari to‘lanmayotgani ma'lum bo‘lgandi.

Top