Ob-havo bizga sönggi yuz yilda havo harorati Tselsiy böyiça 1 darajadan köproqqa kötarilganida dunyoda hayot qanday bölişini körsatdi. Agar insoniyat harorat ösişini maqbul qiymatlarda uşlab turolmasa, Yerdagi kataklizmlar odatiy aççiq haqiqatga aylanadi. Ob-havo uylar va hatto korxonalarni buzib yuborişi, hosilni yöq qilişi va insonlar hayotiga zomin böla olişini körsatdi. Iqlim özgarişi böyiça hukumatlararo ekspertlar guruhining yangi hisoboti ekstremal ob-havo şaroitlari iqlim özgarişiga boğliq ekanini namoyon etdi.

Foto: diariodia.es
Tinç okeani şimoli-ğarbida issiqlik tölqini
Tinç okeani şimoli-ğarbi va Kanada janubi-ğarbi özining yomğirli va yumşoq ob-havosi bilan maşhur. U yerda 13 million kişi yaşaydi. Biroq joriy yil yoz faslida uni dahşatli jazirama qamrab oldi. Harorat Tselsiy böyiça 38 daraja issiqdan ortdi. Natijada mahalliy hukumat vakillari aholini halokatli issiqdan saqlaş uçun termal boşpana qurişga majbur böldi. Şunga qaramay, yuzlab kişilar ob-havo anomaliyasi qurboni böldi.

Foto: Getty Images
Kuçli jazirama issiqlik gumbazi deb nomlangan ob-havo hodisasi natijasida yuzaga keldi. Yuqori bosim hududi yerdagi issiqlikni kostryulka qopqoği kabi uşlab turadi. U şamol va şamolning sovuq oqimiga ötiş imkonini bermaydi. Tadqiqotlar iqlimning global isişi bölmaganida issiqlik gumbazlari yuzaga kelişi imkonsiz ekanini körsatdi.
Aytiş joizki, kuçli jaziramadan nafaqat insonlar, balki ösimlik va hayvonlar ham aziyat çekadi. Tinç okeani şimoli-ğarbida millionlab dengiz jonzotlari qirilib ketdi. Fermerlar öz ösimliklari poyalarida qovjiragan rezavorlarni körişganini aytişdi.

Foto: Getty Images



















