“Bugungi kun Dubay hayotining barça jabhalarini raqamlaştirişning yangi davri boşlangani bilan esda qoladi – biz “qoğozsiz” hukumatga ötişni yakunladik”, deb aytgan şahzoda va endilikda hukumatdagi barça amaliyotlar hamda xizmat körsatiş faqatgina elektron texnologiyalar yordamida amalga oşirilişini qöşimça qilgan.
Valiahd şahzoda “qoğozsiz” hukumat taşabbusi uning otasi, BAA vitse-prezidenti va boş vaziri Muhammad bin Roşid Ol Maktum tomonidan 4 yil avval taklif qilinganini eslatib ötgan. Öşanda u 2021 yildan keyin amirlik ijroçi taşkilotlari xodimlariga ham, davlat xizmatlari iste'molçilariga ham biror-bir hujjatni qoğozga bosib çiqarişga ehtiyoj bölmasligini aytgan.
“Bugungi kunda uşbu va'da bajarildi”, deb qöşimça qilgan valiahd şahzoda. Endilikda amirlikning barça davlat muassasalarida içki va taşqi hujjatlar aylanişi maxsus axborot platformalari orqali elektron körinişda amalga oşiriladi.
Amirlikda ma'lum qilinişiça, uşbu servislar orqali 1,8 mingdan köproq raqamli xizmat körsatiladi. Hisob-kitoblarga köra, elektron hukumat va hujjatlar aylanişini raqamlaştirişga ötiş uşbu taşabbusni amalga oşiriş boşlangan 2018 yildan beri amirlikka 336 mlnta qoğozni tejaşga imkon bergan, bu esa 14 mln soat inson mehnati va 1,3 mlrd dirhamni (353,8 mln dollar) taşkil qiladi. Ta'kidlanişiça, amirlikda raqamli texnologiyalar uy-joy kommunal xizmati, politsiya, sudlardan tortib soğliqni saqlaş tizimi, aeroportlar, diniy, madaniy va sport muassasalarigaça bölgan barça sohalarni qamrab olgan.

















