12 dekabrdan “Humo Air” MChJ aviakompaniyasi Farg‘ona–So‘x–Farg‘ona yo‘nalishida ilk parvozlarni amalga oshira boshlaydi.
Transport vazirligining xabar berishicha, dastlabki bosqichda aviaqatnovlar haftaning dushanba va juma kunlari Farg‘ona–So‘x yo‘nalishida soat 10:00 da, So‘x–Farg‘ona yo‘nalishida soat 12:00 da amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Xabarga ko‘ra, parvozlarda AN-2 samolyotlari 30 daqiqa vaqt davomiyligida harakatlanadi.
Yo‘lovchilar aviachiptalarni Farg‘ona, Andijon va Namangan aeroportlari hamda So‘x tumani hokimiyati binolarida xarid qilish imkoniyatiga ega.











