“Gidroenergetikani yanada rivojlantiriş böyiça qöşimça çora tadbirlar töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Adliya vazirligi xabariga köra, elektr energetika sohasida 2030 yilga borib respublikadagi gidroelektr stansiyalari quvvati 3 416 MVtga yetkaziladi.
Qaror bilan 2021–2030 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
2022 yil 1 yanvardan “Özbekgidroenergo” AJ tarkibidagi gidroelektr stansiyalari tomonidan işlab çiqariladigan elektr energiyasi faoliyat turiga köra kafolatlangan tarzda II tarif guruhi iste’molçilari uçun belgilangan tarifga nisbatan:
- suv oqimi böyiça işlaydigan gidroelektr stansiyalarida – 70 foiz miqdorda;
- elektr energetikasi tizimining rejimiga boğliq holda dispetçer tomonidan tartibga solinadigan, rostlovçi gidroelektr stansiyalarida – 100 foiz miqdorda;
- gidrotöplaş elektr stansiyalarida – 150 foiz miqdorda sotib olinadi.
Elektr energiyasini yangi işga tuşiriladigan quyoş, şamol, biogaz elektr stansiyalaridan (bundan sanoat kölamidagi 1 MVt yoki undan ortiq quvvatlar mustasno), quvvati 5 MVt gaça bölgan gidroelektr stansiyalaridan öz ehtiyojlari uçun işlab çiqarilgandan ortiqça elektr energiyasini kafolatlangan tarzda sotib oliş II guruh iste’molçilari uçun belgilangan tarifning 80 foizi miqdorida amalga oşiriladi.
Xususiy investorlar (taşabbuskorlar) quvvati 1 MVt gaça bölgan quyoş, şamol, biogaz va quvvati 5 MVt gaça bölgan gidroelektr stansiyalarida işlab çiqarilgan elektr energiyasini şartnoma asosida töğridan töğri yetkazib beriş huquqiga ega.
















