Bakalavriat va magistraturaga tölov-kontrakt, şu jumladan, tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, öqişi köçirilgan (köçirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar öqişi uçun tölov haqini ötkaziş hamda talabalar safiga qabul qilişni rasmiylaştirişning sönggi muddati 2021 yilning 31 dekabri etib belgilandi.
Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi xabariga köra, bu – Davlat qabul komissiyasining 15 dekabrdagi 10-son qarorida qayd etilgan.
Bundan taşqari, koronavirusga qarşi 2021 yilning 15 noyabriga qadar töliq emlangan (vaksina olgan), lekin emlanganlik töğrisidagi sertifikatni belgilangan muddatdan keçikib OTMga taqdim etgan (etayotgan) abituriyentlar va talabalarga ham tölov-kontrakt summasini tölaşda bir martalik 10 foizli çegirmani qöllaşga ruxsat berildi.

















