Prezidentning “Raqobat muhitiga salbiy ta’sir körsatadigan tösiqlarni bartaraf etiş va tadbirkorlik faoliyati yönalişlarini yanada kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Özbekiston prezidentining “Raqobat muhitini yanada rivojlantiriş va iqtisodiyotdagi davlat iştirokini qisqartiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoniga muvofiq:

  • Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi bilan birgalikda mamlakat iqtisodiyotida va hududlarda raqobat muhitini yaxşilaş, raqobat sohasidagi strategik ustuvor yönalişlar va vazifalarni belgilaşda, şu jumladan institutsional islohotlarni amalga oşirişda özaro muvofiqlaştirilgan harakatlarni amalga oşirişi belgilangan;
  • imtiyoz, preferensiya va eksklyuziv huquqlar şaklida körsatilayotgan davlat kömagining samaradorligi ustidan davlat nazoratini amalga oşiriş hamda ular raqobat muhitiga salbiy ta’sir etgan taqdirda, ularni bekor qiliş böyiça takliflar kiritişi belgilangan.

2022 yil 1 iyuldan boşlab:

  • aeroportlar, yöl quriliş, elektr va issiqlik energiyasini işlab çiqariş, issiqlik ta’minoti, neft mahsulotlarini sotiş va boşqa sohalardagi korxonalarning davlat uluşlari bosqiçma-bosqiç xususiy sektorga sotilişi;
  • rangli metallarning parçalari va çiqindilarini sotib oliş, qayta işlaş, sotiş va tayyorlaş faoliyati bilan xususiy sektor şuğullanişi mumkinligi belgilanadi;
  • 2022-2026 yillarda xususiy sektorni keng jalb qiliş hamda eksklyuziv huquqlarni bekor qiliş orqali mavjud monopoliyalarni bartaraf etiş böyiça çora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi.

Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi tabiiy monopoliyalar infratuzilmalaridan xususiy sektorni teng şaroitlarda foydalanişini ta’minlaş maqsadida  tabiiy monopoliya sohalarini tartibga soliş hamda asosiy faoliyat turi tabiiy monopoliya bölmagan sub’yektlar faoliyatini takomillaştiriş böyiça yangi tartib işlab çiqadi.