“Özbekneftgaz” AJga tegişli AYoQŞlarda AI-80 benzini narxi 6890 sömdan 6500 sömga tuşirildi. Bu haqda “Özbekneftgaz” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Xabar berilişiça, bunga sönggi kunlarda benzin taqçilligi oqibatida ijtimoiy tarmoqlarda yuzaga kelgan tanqidiy muhokamalar sabab bölgan. “Özbekneftgaz” AJ Boşqaruvi raisining topşiriğiga asosan, “Işçi guruh”lari tuzilib, neft mahsulotlarining iste’molçilarga yetkazib berilişi töliq nazoratga olindi. 17 dekabr sanasidan boşlab aksionerlik jamiyatiga tegişli barça AYoQŞlarda AI-80 markadagi benzin narxi 6500 söm etib belgilangan.

“Benzin taqçilligining oldini oliş va uning narxlarini arzonlaştiriş borasida “Özbekneftgaz” AJ, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi va “Tovar xomaşyo birjasi” AJ hamkorligida çora-tadbirlar işlab çiqildi.

Natijada “Özbekneftgaz” AJga qaraşli AYoQŞlarda bugun, 17 dekabr kunidan boşlab AI-80 markadagi benzin 6890 sömdan arzonlaştirilib, har bir litri uçun 6500 söm narxda sotuvga çiqarildi.

Respublika hududidagi “Özbekneftgaz” AJning barça AYoQŞlarida benzin şu belgilangan narxda sotilişi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.

Kun.uz muxbirining “Özbekneftgaz” matbuot xizmati bilan boğlanib oydinlik kiritişiça, AI-80 benzini narxini yana arzonlaştiriş közda tutilmoqda.

“AI-80 markali benzin narxini yanada pasaytirişni rejalaştiryapmiz. Iste’molçilar eng köp foydalanadigan uşbu markadagi benzin taqçilligi respublikadagi barça AYoQŞlarda kuzatildi. Boşqaruv raisining topşiriği bilan hozirda 5ta işçi guruh tuzildi va ular AJga tegişli barça şoxobçalarda nazorat olib borişyapti. Kuzatişlarimiz davomida taqçillik sabablarini örganişga harakat qildik. Köp holatlarda katta yuk maşinalari 500 litrlab benzin olişadi. Yengil avtomobillarga esa yetmay qoliş holatlari kuzatilgan. Buni örganib, teng taqsimlaş va bu turdagi benzin taqçilligini bartaraf etiş çoralari körilyapti”, deya ma’lum qildi matbuot kotibi Kun.uz'ga.