Prezidentning “Raqobat muhitiga salbiy ta’sir körsatadigan tösiqlarni bartaraf etiş va tadbirkorlik faoliyati yönalişlarini yanada kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Xorijiy davlatlar tajribasidan kelib çiqib, norasmiy valuta operatsiyalari vujudga kelişining oldini oliş, şuningdek, xizmatlarni uzluksiz ravişda (24/7 rejimda) körsatiş imkonini yaratiş maqsadida xususiy tadbirkorlarga valuta ayirboşlaş xizmatlarini körsatişga ruxsat beriş rejalaştirilmoqda.

Şuningdek, moliyaviy xizmatlar körsatiş bilan şuğullanuvçi tadbirkorlik sub’yektlariga kredit uyuşmasi xizmatlar bozoriga kiriş imkoniyatlarini yaratiş közda tutilgan.

Bundan taşqari, teng raqobat şaroitini yaratiş maqsadida xususiy tibbiyot muassasalariga haydovçilarni va haydovçilikka nomzodlarni tibbiy körikdan ötkaziş faoliyati bilan şuğullanişga ruxsat beriladi.

Qattiq maişiy çiqindilarni yiğiş, taşiş va utilizatsiya qiliş hamda qayta işlaş xizmati sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlari tarkibidagi davlat unitar korxonalari xususiy sektorga ötkaziladi. Bunda, qattiq maişiy çiqindilarni yiğiş xizmatini bosqiçma-bosqiç jahon tajribasi asosida çiqindi tarkibidan kelib çiqib alohida yiğiş közda tutilgan.

Maişiy çiqindilarni taşiş va qayta işlaş xizmatlariga xususiy sektorni davlat-xususiy şeriklik tizimi asosida jalb qiliş ham nazarda tutilgan.