«Twitter bloklangan yurtda Senat raisi har kuni tvit yozadi» - Senatdan ijtimoiy tarmoq bloklanishi bo‘yicha izoh so‘raldi
«O‘rganib, yana qo‘shimcha axborot beramiz. Bu yerda xorijiy delegatsiya, parlamentlar bilan ishlash uchun imkoniyat masalasi ham bo‘lishi mumkin», deya Tanzila Norboyevaning O‘zbekistonda bloklangan Twitter’dan qanday qilib foydalanayotganiga izoh berdi senator Farhod Boqiyev.

Joriy yilning 17 dekabr kuni AOKA majlislar zalida Senatning yigirma ikkinchi yalpi majlisi yakunlari yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Kun.uz muxbiriga ko‘ra, tadbir davomida O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlarning sud qarorisiz bloklangani, Senat raisi Tanzila Norboyeva esa ana shu ijtimoiy tarmoqdan qanday qilib faol foydalanayotgani yuzasidan izoh so‘raldi.
«Yaqinda ijtimoiy tarmoqlar bloklanishi bo‘yicha ro‘y bergan holat ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Senat 2021 yil yanvar oyida qabul qilgan «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan o‘zgarishlar ham muhokama qilindi.
Men bir narsani yana urg‘u berib aytmoqchiman, bu yerda ijtimoiy tarmoqlar bloklanishi bo‘yicha hech qanday gap-so‘z yo‘q.
Siz hozir Senat raisining qanday VPN’dan foydalanishi bo‘yicha savol beryapsiz. Bu bo‘yicha menda aniq ma’lumot yo‘q. Biz buni o‘rganib, yana qo‘shimcha axborot beramiz. Bu yerda xorijiy delegatsiya, parlamentlar bilan ishlash uchun imkoniyat masalasi ham bo‘lishi mumkin», – dedi senator Farhod Boqiyev.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Tel-Avivga parvozlarni to‘xtatdi
O‘zbekiston | 21:18
-
O‘zbekistonda nasiya savdo. Bir yilda bo‘lib to‘lash 1,5 barobargacha qimmatga tushadi
Iqtisodiyot | 21:03
-
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35
-
AQSh Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishga qarshi – OAV
Jahon | 20:19
Mavzuga oid

12:56
O‘zbekistonda Better Cotton dasturi qamrovi kengaytiriladi

11:56 / 12.06.2025
Ayrim tovarlarga import bojini ikki karra oshirib qo‘llash amaliyoti bekor qilinadi

15:13 / 02.06.2025
“Afrikaning ayrim mamlakatlaridan ham orqadamiz” - senator odil sudlov masalasida

13:44 / 30.05.2025