Yoşlardan biri vazirga totalizatorlar, xususan, 1xbet’ni çeklaş haqidagi savol bilan murojaat qildi.

«Bu juda dolzarb masala. Ularni çeklaş, çegaralaş – bu texnik masala. Şu tufayli, bu haqda soha egalari aniq ayta oladi.

Bu bugungi kundagi tarbiyaga juda qattiq ta’sir qilyapti. Biz sohani örganganimizda xorijiy davlatlar orasida bunga ruxsat berilgani ham, çeklangani ham, taqiqlangani ham borligiga guvoh bölganmiz.

Katta-katta davlatlar sohaga psixologiya xizmatlarini kiritgan. Berilib ketganlarga yordam körsatiladi, anonim kurslarda öqitiladi. Bu borada işlaş kerak. Çunki, bu davlatning majburiyati – aholi har xil yöllarga kirib ketişining oldini oliş böyiça tegişli davlat organlari iş olib borişi kerak.

Taqiqlaş haqida fikr bildiradigan bölsam, hozir inson sifatidagi va adliya vaziri sifatidagi fikrim aralaşib ketib qoladi. Lekin ikkalasi aralaşsa ham aytaman: men ham buning tarafdori emasman.

Yoşligimda Amerikaga borib öqiganimda men ham körganman. Los-Anjyelesda kollejda öqigan paytim uning dahşatli narsa ekanligini kördim. Totalizator faqat uni öynayotgan odamga emas, hamma yoqqa ta’sir qiladi. U yerdagi qadriyatlar juda boşqaça, bizga töğri kelmaydigan qadriyatlar. Şuning uçun, bu borada davlat boşqaruvi juda qattiq bölişi kerak», – deydi vazir.

Ma’lumot uçun, bugungi kunda amalda bölgan qonun hujjatlariga köra, Özbekiston Respublikasida qimor va tavakkalçilikka asoslangan öyinlarni taşkil etiş ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab böladi.