Agentlik xabariga köra, savdo jarayoniga “KPMG Valuation and Consulting” MÇJ aktivni xususiylaştiriş böyiça eng yaxşi takliflarni tanlaş asosida, eksklyuziv moliyaviy maslahatçi sifatida jalb etilgan.

Beş yulduzli “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi 2016 yilda Toşkent markazida barpo etilgan va “Hyatt” xalqaro brendining Özbekistondagi birinçi mehmonxonasiga aylangan.

U Özbekistonda xalqaro mehmonxonalar tarmoği boşqaruvida bölgan yagona beş yulduzli mehmonxonadir. Mehmonxona şahar markazida, Toşkentning asosiy diqqatga sazovor joylariga qulay va yaqin masofada joylaşgan.

Umumiy yer maydoni 3,1 gektar, bino va inşootlar maydoni 60,1 ming kvadrat metrni taşkil etadi. Mehmonxona 8 qavatdan iborat bölib, mijozlar uçun 300 ta xona, jumladan, 248 ta standart va 52 ta lyuks/yarim lyuks xonalar mavjud.

Mehmonxona hududida xalqaro sifat standartlari darajasida jihozlangan turli siğimdagi bir neçta konferensiya zallari, şuningdek, 850 kvadrat metr maydonga ega banket zali, yopiq basseyn va SPA markazi mavjud.