“Abgor manzillar” yangi manzillardan körsatuvlarni davom ettiradi. Bu daf’a loyihamizga kelib tuşgan murojaatlar böyiça ikki joyga borişimizga töğri keldi. Dastlab bu murojaatlar körsatuvimiz nomiga mosmi, yöqmi, biroz öylandik. Biz taklif etilgan manzillarga borgaç esa, amin böldikki, bu haqda öylanib ötirişga hojat yöq.

Avvalgi ikki körsatuvimizda taşlandiq holga keltirilgan boğlar haqida hikoya qilgan bölsak, bu safar aholi yaşaş punktlari atrofidagi abgor holatlarga guvoh böldik.

Obod mahallaga yaraşmagan çiqindizor

Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumaniga kiruvçi Uluğbek posyolkasidan tuşgan murojaatda öşa hududdagi taşlandiq va çiqindixonaga aylanib qolgan joy haqida ma’lumot berişdi. Biz holatni joyiga çiqib örgandik. Haqiqatan ham Qibray tumani bilan çegaradoş hududda, 2-sonli Respublika klinikasi orqasidagi joy çiqindixonaga aylangan.

Fuqarolar turli instansiyalarga bir neça bor murojaat qilişlariga qaramay, masala ijobiy hal etilmagan. Kamiga, şu yerdagi simyoğoçlardan biri avariyaviy holatda ekani, u ağanasa, kimningdir ustiga tuşib, zarar yetkazişi; yoki ma’lum hudud elektr tokisiz qolişi mumkin. Bu haqda ham aholi mas’ul taşkilotlarga murojaat qilganlari haqida bildirdilar.

Biz bu borada mahalla oqsoqoli bilan uçraşdik. U mavjud muammoni tan olgan holda, bizni uning mahallasida amalga oşirilgan quriliş va obodonlaştiriş işlari bilan taniştirdi. Aytiş joizki, mahallaning hozirgi holati juda obod va çiroyli. Avvalroq abgor bölib yotgan joylar zamonaviy va tartibli körinişga kelgan. Muammoli hudud borasida esa, “Mirzo Uluğbek” mahalla fuqarolar yiğini raisi aholini biroz sabr qilişga çaqirdi:

“Ozmunça iş qilinmadi. “Obod mahalla” dasturi doirasida “Yoşlar markazi”, sport maydonçalari, bolalar öyingohlari foydalanişga topşirildi; mahallalar içki köçalari asfalt qilindi; yölaklar yangilandi, örindiqlar, urnalar örnatildi; daraxt va butalar ekildi. Bu hammasi bir kunda bölib qoladigan iş emas. Sabr qilişsa, biz öşa körsatilgan hududni ham obod qilamiz.

Avvalroq biz öşa çiqindixonaga aylangan joyni tozalagan edik, biroq odamlarning özlari yana çiqindi taşlab, şu holatga keltirib qöyişyapti. Muammolardan biri şundaki, öşa yer Qibray tumani bilan tutaş joy va öşa tumandagilar quriliş çiqindisini tökib ketayotgan holatlar bor. Çiqindini MSP – çiqindi yiğiş punkti qabul qilmaydi, şuning uçun köçaga taşlab ketişadi.