Xöjabaland mahallasida yaşovçi aka-uka Ziyovuddin va Muyibxon Ubaydullayevlarning kasbi çilangar-payvandçi. Yozda turli buyumlar, qişda isitiş peçlari yasab sotişadi. Aka-ukalar texnikaga juda qiziqişadi. Ana şu qiziqiş ortidan ötgan yil yozda mini traktor yasaşgan.
Mini traktorni yasaşda ular turli maşinalarga tegişli eski ehtiyot qismlardan foydalanişgan. Dvigatel örniga çiroq köp öçgan zamonlarda özlari işlatgan, söngra kerak bölmay qolgan Xitoyça «dvijok»ni örnatişgan.

Boşqa ehtiyot qismlarga ham köp pul sarflanmagan. Mini traktorning dovruği atrofga tarqalgaç, uni 20 million sömga sotib olmoqçi bölib xaridor kelgan.
«Texnikaga juda qiziqamiz. Ötgan yil pandemiya davrida işimizda biroz uzilişlar böldi. Ana şu paytda akam bilan mini traktorni yasaşga kirişdik. Unga ehtiyot qismlarni terib çiqiş, payvandlaş va boşqa barça işlarni özimiz bajardik. 6 millionça mablağ sarfladik. Dvijok özimizda bor edi. Unga turli transport vositalarining eski ehtiyot qismlarini örnatdik. Natijada universal tarzda işlatsa böladigan qulay kömakçiga ega böldik», — deydi Muyibxon Ubaydullayev.

Yer haydaşda traktorning şinalariga temirdan yasalgan, maxsus tişli halqa örnatiladi. Halqa örnatilgaç, traktor yerni qiynalmasdan hayday oladi. Traktorga tirkama taqib harakatlanganda maxsus tişlar yeçib qöyiladi.

Traktorga maşinaning öt oldirgiçi örnatilgan. Mabodo akkamlyatori ötirib qolganda uni ip bilan tortib ham öt oldirsa böladi. Traktorga «Matiz»ning quvvatlagiçi, «Jiguli»ning ikkita orqa köprigi örnatilgan.
«Traktorçaning tört ğildiragi ham birday harakatlanadi. Unga tezlikni oşiruvçi pedal örnatilmagan. Traktor harakatlanganda uning dvigatel quvvati oşib boraveradi. Tormoz pedali bosilganda uning törtta ğildiragi ham birdaniga töxtaydi.
«Xitoy dvijok» ikkita tasmani aylantiradi. Ular esa kardanga borgan öqni harakatlantiradi. Tasma qizib tez uzilib ketmasligi uçun uni sovutib turadigan moslama ham örnatganmiz. Bundan taşqari tirkama va plug hamda boşqa moslamalarni kötarib tuşiradigan uskunalar örnatilgan. Ular katta traktornikiday moy bilan işlaydi»


















