PPX bo‘linmalari mansabdor shaxslarining vakolati kengaytiriladi
“Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha kiritish haqida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 248-moddasi yangi, to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilishi orqali patrul-post xizmatining to‘g‘ridan to‘g‘ri xizmat olib borish hududida shaxsan aniqlangan, holat bilan yaqqollik bilan ajralib turadigan, rasmiylashtirish uchun maxsus bilimlarga ega bo‘lish talab etilmaydigan jami 10 turdagi ma’muriy huquqbuzarliklarni joyida maxsus planshet yordamida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish hamda bunday ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan organ (mansabdor shaxs)ga yuborish vakolatlari PPX bo‘linmalarining (brigadasi, bataloni, bo‘limi, bo‘linmasi, otryadi, guruhi) mansabdor shaxslariga taqdim etilmoqda.
Ushbu ma’muriy huquqbuzarliklarning bir qismi MJtKning XV-bobida (Jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar) joylashtirilgan bo‘lib, qolganlari kodeksning turli sohalarga oid boblarida mustahkamlangan, jumladan, VI (Aholi sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi huquqbuzarliklar), VIII (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar), X (Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarliklar), XI (Transportdagi, yo‘l xo‘jaligi va aloqa sohalaridagi huquqbuzarliklar) va XVI (Boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar) boblarda.
Bildirilishicha, qonun loyihasi qabul qilinishi:
- PPX faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish qatorida fuqaroning shaxsini, u ilgari javobgarlikka tortilganligini va o‘zga huquqiy ahamiyatga ega holatlarni zudlikda aniqlash imkonini beruvchi elektron planshetlar joriy etilishiga, jumladan, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma darhol, huquqbuzarlik aniqlangan joyning o‘zida PPX xodimi tomonidan elektron shaklda tuzilishiga, hamda MJtK 269-moddasining oltinchi qismi asosida ularni ko‘rib chiqish uchun vakolatli organ (mansabdor shaxs)ga axborot tizimi orqali elektron shaklda topshirish imkoni yaratilishiga, bunda qog‘oz hujjatlarining almashinuvi istisno etilishiga;
- fuqaroni IIB yoki tayanch punktiga keltirilishini istisno etgan holda huquqbuzarlikni rasmiylashtirish bo‘yicha barcha harakatlarni voqea joyida amalga oshirilishi natijasida fuqarolar va PPX xodimlarining vaqti, PPX naryadining xizmat avtomashinasiga ajratiladigan yoqilg‘i tejalishiga;
- har qanday sharoitlarda patrullik yo‘nalishlari ochiq qolib ketmasligiga;
- ichki ishlar organlarining boshqa bo‘linmalariga, birinchi navbatda profilaktika inspektorlariga ish yuklamasi jiddiy tarzda pasayishiga, huquqbuzarliklar holatini rasmiylashtirish bilan bog‘liq masalalar “bir yo‘la” tamoyili bo‘yicha ko‘rib chiqilishiga, bunda ortiqcha bo‘g‘in (IIB rahbariyati yoki profilaktika inspektori) chiqarib tashlanishiga;
- PPX xodimlari faqat huquqbuzarni tayanch punktiga keltirish va holat yuzasidan IIB boshlig‘i nomiga bildirgini yozish bilan cheklanish amaliyotidan huquqbuzarliklarni rasmiylashtirish uchun barcha yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish vazifalarini bajarishga o‘tishi natijasida ularning mas’uliyati va aholi o‘rtasidagi mavqeyi ko‘tarilishiga, buning natijasida PPX xodimlari to‘laqonli hukumat vakiliga aylanishiga hamda jamoat joylardagi vaziyatni nazorat qilish mexanizmi takomillashtirilishiga xizmat qiladi.
Mavzuga oid

18:08 / 17.03.2025
Avtobus yo‘lagida harakatlanganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

19:28 / 06.03.2025
Sud faoliyatiga aralashganlar uchun javobgarlik qattiq bo‘ladi

14:55 / 22.12.2024
Jismoniy shaxslarga yovvoyi hayvonlarni saqlaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

16:43 / 21.12.2024