Orol Ferness yarimorolidan 800 metr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, unga apreldan sentyabrgacha harakatlanuvchi paromda yoki suv qaytganda piyoda borish mumkin.

Qirol lavozimiga nomzodlar oroldagi bar va mehmonxona boshqaruvini, XIV asrda qurilgan qasrga qarashni va 10 yilga orol qiroli bo‘lishni o‘z zimmasiga olishi kerak. Nomzod o‘z lavozimini yangi mavsum boshi – aprelda egallaydi va uning taxtni egallash marosimi ortiqcha dabdabasiz, antiqa ko‘rinishda o‘tadi: nomzod “taxt”ga eski qilich bilan o‘tiradi, so‘ngra uning boshidan bir necha chelak spirtli ichimlik quyiladi.