MFactor loyihasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori Nişonboy Sirojiddinov bilan «Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirişning tahdidlari va imkoniyatlar» mavzusida ovozli suhbat taşkil qilindi. Unda mutaxassis taşkilotga a’zolikning Özbekiston uçun foydali va zararli oqibatlari haqida töxtalib ötdi.
— YeOII a’zolik yangi imkoniyatlarmi yoki tahdid?
— Hukumat uşbu ikki jihatni taqqoslab, optimal yölni tanlaşi kerak.
Xöş, YeOIIga a’zolik Özbekiston uçun qanday yangi imkoniyatlarni taqdim qilişi mumkin:
Birinçidan, bu taşqi iqtisodiy aloqalarga ta’sir ötkazadi. Özbekistondagi juda köp sohalarda proteksionizm darajasi YeOIIga nisbatan yuqori. Köp tovarlarning import bojlari, texnik tösiqlar, milliy mahsulotlarga imtiyozlar taqdim etiş darajasi kabi omillarni bunga misol sifatida körsatiş mumkin.
Ya’ni bizda import proteksionizmining darajasi ança baland. Taşkilotga a’zo bölişning birinçi şarti, uçinçi mamlakatlarga nisbatan yagona import tarifi örnatişdir. Bu esa Özbekistonda hozir amalda bölgan import bojini umumiy körinişda ikki barobarga kamaytiradi.
Buning ijobiy tomoni salbiy oqibatlariga nisbatan köproq. Çetdan olib kirilayotgan xomaşyo narxi qança arzon bölsa, mamlakat içida işlab çiqarilgan tayyor mahsulot narxi ham şunça past böladi. Raqobatbardoşlik oşadi. Bu dastlabki davrda milliy işlab çiqarişga salbiy ta’sir ötkazsa-da, uzoq muddatli istiqbolda raqobat muhitini vujudga keltirişda ijobiy omil hisoblanadi.
Umuman olganda, biror iqtisodiy taşkilotga qöşilişda uning oqibatlari ikki jihatdan tahlil qilinişi kerak. Hozirda ötkazilayotgan tadqiqotlarning aksariyati qisqa muddatli davrdagi a’zolikning ijobiy va salbiy jihatlarini aniqlaşga qaratilgan. Lekin davlat uçun eng muhim jihat, uzoq muddatli davrda a’zolikning iqtisodiyotga qanday ta’sir qilişi mumkinligini tahlil qilib çiqiş va aniqlaş hisoblanadi.
Qisqa muddatli davrda ma’lum mahsulotlar narxi oşadi, ma’lum mahsulotlar narxi esa arzonlaşadi. Bu köproq strukturaviy özgarişlar bilan boğliq.
Şu bilan birga, uzoq muddatli davrni tahlil qiliş juda ham qiyin. Ön yoki ön beş yildan keyin Özbekistonning taşqi savdo aloqalari qanday bölişini aniq bilmaymiz. Hozirda YeOII bizga nisbatan erkinroq savdo munosabatlarini yölga qöygan. Ammo bu qaçongaça va qanday körinişda davom etişi noma’lum. Beş yildan keyin Özbekistonda taşkilotga nisbatan ham erkinroq taşqi savdo tariflarini joriy qiliş istagi yuzaga kelişi mumkin. Bu tarafdan a’zolik zarar hisoblanadi.
Bir jihatga e’tibor qaratişimiz kerak, YeOII boşqa mintaqaviy integratsion taşkilotlar, xususan Yevropa Ittifoqi yoki Janubiy-Şarqiy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy taşkilotidagi kabi idealdagi erkin taşqi savdo munosabatlarini taklif qilgani yöq, ya’ni taşkilot doirasida proteksionizm kuçli darajada va bu işlab çiqarişning samaradorligiga ta’sir qiluvçi asosiy vosita hisoblanadi. Özbekiston taşkilotga kirdi degani özining taşqi savdo siyosatidagi mustaqilligidan voz keçganini anglatadi.
YeOIIga kirganimiz zahoti barça qoidalarni qabul qilamiz. Bu taşkilotdagi hozirda biz uçun ijobiy hisoblanadigan standartlarni joriy qiliş bilan birga, keyingi davrda taşqi savdoni yanada liberallaştiriş imkoniyatlaridan ham mahrum qiladi. Natijada qaçon taşkilot doirasidagina özgariş bölsa, uni amaliyotga tatbiq qilişimiz mumkin bölib qoladi.
Köpçilik taşkilotga a’zo böliş migrantlar uçun yaxşi bölişini aytmoqda. Ha, qisqa muddatli davrda bu ijobiy samara beradi. Ammo umumiy Özbekistonning rivojlanişiga ta’siri noaniq.
Mamlakatning taşkilotda kuzatuvçi maqomida bölişi – bugungi kun uçun optimal yeçim deb öylayman. Şu davr oraliğida barça ijobiy va salbiy tomonlarini tahlil qilib çiqa olamiz. Hozirgi kunda Rossiya bilan Ğarb mamlakatlari örtasida ziddiyatlar ortib bormoqda. Turli sanksiyalar sabab Rossiya va taşkilot mamlakatlarida iqtisodiy ahvol yomonlaşsa, bu bizdagi iqtisodiy vaziyatga ham ta’sir ötkazmay qolmaydi. Hozir ham qaysidir ma’noda Rossiya bilan iqtisodiyotimiz boğliq, a’zolik esa uni yanada kuçaytiradi. Şu sabab a’zolikdan oldin uzoq muddatli davr uçun iqtisodiy oqibatlarni tahlil qiliş maqsadga muvofiq hisoblanadi.
— Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi yoki Jahon savdo taşkiloti?
— Özbekiston suveren mustaqil davlat va taşkilotlarga a’zo bölişi yoki bölmasligini özi hal qiladi. Albatta, bosim böladi, bunga heç qanday şubha bölişi mumkin ham emas. Oxirgi yillarda Rossiyada YeOIIga a’zo bölmagan mamlakatlardan keladigan işçi kuçiga nisbatan çeklovlar va taqiqlar köpayib boryapti. Köp sohalarda uçinçi davlatdan borgan migrantlarning işlaşi mumkin emas. YeOIIga a’zo bölgan mamlakatlardan borganlar uçun esa bunaqa çeklovlar yöq. Bu taşkilotga a’zo bölişga undovçi bosimlardan biri.
Albatta, Ğarb davlatlari Özbekistonning bu integratsion taşkilotga kirişiga qarşi va buni yaşirayotgani ham yöq. Ikki yil oldin AQŞ taşqi savdo vaziri Özbekiston YeOIIga kirsa, bu uning Jahon savdo taşkilotiga a’zoligini judayam keçiktirib yuborişi yoki umuman a’zolikka qabul qilinmasligi haqida aytgandi. Ğarb davlatlari JSTga kirişimizni köproq xohlaşadi. Yana bir bor eslataman, qaysi taşkilotga kirişini, avvalo, Özbekistonning özi hal qiladi.
Nazariy jihatdan qaraydigan bölsak, har ikki taşkilotga a’zo böliş bir-birini inkor etmaydi. Çunki YeOII davlatlarining 4tasi bevosita JSTga a’zo. Lekin qaysi ketma-ketlikda kiriş Özbekiston uçun juda muhim masala deb hisoblayman. Mening fikrimça, agar JSTga kirmasdan, birinçi YeOIIga kiradigan bölsak, Özbekiston ança narsa yutqazişi mumkin.
Birinçidan, YeOIIga kirsak, taşqi savdo böyiça taşkilot qoidalarini töliq qabul qilamiz. Unda JSTga kiriş uçun olib borayotgan muzokaralar mantiqsiz bölib qoladi. Çunki özimiz taşqi savdo siyosatimizni mustaqil belgilaşdan voz keçib bölgan bölamiz. Masalan, tekstil mahsulotlari uçun bojni 15 foiz qilib örnatmoqçimiz. Bu YeOIIda 10 foiz qilib belgilangan. Biz mustaqil 5 foizga bojlarni oşira olmaymiz. Şu bilan birga, bojni 5 foizga tuşirmoqçimiz, ammo buniyam mustaqil hal qila olmaymiz.
Ikkinçi masala, xöp, YeOIIga a’zo ham böldik, deylik. Ma’lumki, bir qança mamlakatlar, xususan Turkiya, Janubiy Koreya, Singapur bilan erkin savdo hududini vujudga keltiriş böyiça muzokaralar olib boryapmiz. Agar biz YeOIIga kirsak, alohida mamlakatlar bilan erkin savdo hududini vujudga keltirişga haqqimiz bölmaydi. Taşkilotda şunaqa talablar bor. Qoidasi böyiça mamlakat erkin iqtisodiy hudud taşkil qilmoqçi bölsa, boşqa umumiy boj tölovi örnatiladigan integratsion taşkilotlarga kirmasligi kerak.
Uşbu masalada Ukraina bilan muammo paydo bölgandi. Ukraina Yevropa Ittifoqi bilan erkin savdo hududi tuzişni xohladi, bu Yevropa davlatlarida işlab çiqarilgan mahsulotlar Ukraina orqali YeOIIga a’zo mamlakatlar hududiga bojsiz tarqalişini anglatardi. Vaziyat alaloqibat Rossiya bilan hozirgaça davom etayotgan nizoli holatni yuzaga keltirdi.
Uçinçi masala, birinçi JSTga kiradigan bölsak, taşkilotga a’zo mamlakatlar bilan kelişgan holda, öz manfaatlarimizdan kelib çiqib, taşqi savdo bojlarini belgilaymiz. Masalan, bizda samolyot import qilişga boj örnatişdan heç qanday manfaat yöq, çunki samolyot işlab çiqarmaymiz. YeOIIda esa samolyot importiga 15 foiz boj mavjud, sababi Rossiyada samolyot işlab çiqariladi. Agar avval JSTga kirib, taşkilot bilan kelişib olsak, keyinçalik YeOIIga kirganimizda ham ayrim mahsulotlar uçun past boj tölovlarini saqlab qolişga asosimiz böladi.
Qança tayyor mahsulot işlab çiqarişimiz uçun import xomaşyo tovarlariga boj kam bölsa, tannarx arzonligi jihatdan tadbirkorlarimiz şunçalik raqobatbardoş böladi, xarajatlari kamayadi. Şu sababli, iqtisodiy rivojlanişimiz uçun muhim bölgan, asosan import qilinuvçi mahsulotlarga past bojni örnatib olişimiz kerak.
Qozoğiston şunaqa qilgan. Taxminan 3400 turdagi tovarlarni olib kiriş bojlari, YeOIIdagi standartlarga nisbatan pastroq. Asos sifatida JST doirasidagi majburiyatlarini körsatişgan. Biz ham mahalliy işlab çiqaruvçilar manfaatini hisobga olgan holda, ba’zi import mahsulotlariga past boj tölovlarini örnatib, keyinçalik YeOIIga kirsak töğriroq böladi.












