Chimyonga olib boruvchi yo‘llarda harakat bir tomonlama bo‘ladi
31 dekabr va 1 yanvar kunlari «Yangi O‘zbekiston» bog‘i atrofidagi yo‘llarda harakat vaqtincha cheklanadi. 31 dekabrdan 10 yanvargacha Chimyon yo‘lida harakat bir tomonlama bo‘ladi.
Yangi yil bayrami munosabati bilan «Yangi O‘zbekiston» bog‘i va Chimyon dam olish zonasi yaqinidagi yo‘llarda ayrim cheklovlar joriy etildi.

Xarita: IIV YHXBB Axborot xizmati
2021 yil 31 dekabr hamda 2022 yil 1 yanvar kunlari «Yangi O‘zbekiston bog‘i»ga tashrif buyuruvchi fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida bog‘ atrofida ayrim yo‘llarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Bog‘ atrofida avtoturargohlar hamda to‘xtab turish joylarini tashkil etish choralari ko‘rilgan. Ulardan biri Parkent ko‘chasi bo‘ylab 4 km, ikkinchisi 4R12 avtoyo‘li tomondan Chirchiq daryosigacha 1,7 km masofaga cho‘zilgan.
Shuningdek, IIV YHXB yangi yil bayrami munosabati bilan e’lon qilingan dam olish kunlari poytaxtdan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Chimyon tog‘iga olib boradigan yo‘llarda vaqtinchalik yo‘l harakati tashkil etilishi haqida ma’lum qildi.
Shu kunlarda Bo‘stonliq tumaniga ko‘plab fuqarolar tashrif buyurishi kutilmoqda.

Shunga ko‘ra, avtomobil yo‘llarida tirbandliklarning oldini olish va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, 2021 yil 31 dekabr kunidan 2022 yil 5 yanvar kuniga qadar Bo‘stonliq tumanining dam olish zonalaridan o‘tgan avtomobil yo‘llarida harakatlanish uchun ayrim cheklovlar kiritildi.
Xususan, avtotransport vositalarining oqimini hisobga olgan holda 4R6 Toshkent–Chimyon avtomobil yo‘lining 57–92 kilometrlari va 4R10 Chorvoq suv ombori halqa yo‘li avtomobil yo‘lining 0–12 kilometrlari oralig‘ida bir tomonlama harakatlanish joriy qilindi.
Mavzuga oid

13:21 / 24.02.2025
“Yangi O‘zbekiston” massivlari uchun yangi hududlar urbanizatsiya tamoyillariga muvofiq tanlanadi

21:41 / 31.12.2024
Bo‘stonliqda 12 yanvargacha harakat bir tomonlama bo‘ladi

22:08 / 06.12.2024
Prezident Chimyonda kapsula uylardan iborat dam olish maskanini ko‘zdan kechirdi

07:30 / 17.09.2024