O‘zbekiston | 09:34 / 31.12.2021
5166
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat xizmatchilarining moddiy va ijtimoiy ta’minot darajasi oshiriladi

O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish rejalashtirilmoqda. Bu 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasida belgilangan.

Foto: Getty Images

Unga ko‘ra, barcha darajadagi rahbar kadrlar va xodimlarning “hayot davomida ta’lim olish” (Life Long Learning) tamoyili asosida butun faoliyati davomida o‘zlariga zarur bo‘lgan ko‘nikmalarini rivojlantirib borishga qaratilgan malaka oshirish tizimining yagona qoidalarini belgilash ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchisining uzluksiz malakasini oshirish va kasbiy rivojlanishi – davlat fuqarolik xizmatini o‘tashning muhim sharti etib belgilanadi.

Davlat fuqarolik xizmatchilarining ko‘nikmalarini oshirishda davlat buyurtmasini shakllantirish tizimi ishlab chiqiladi.

Davlat fuqarolik xizmatchilarini o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning interfaol shakllari, shuningdek, ularning yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashi uchun barchaga ochiq bo‘lgan elektron o‘quv dasturlari hamda platformalarni ishlab chiqish mo‘ljallangan.

Bundan tashqari, davlat fuqarolik xizmatchilarining malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining reyestri yuritiladi.

Vazirlik va idoralar huzuridagi malaka oshirish markazlarida davlat fuqarolik xizmatchilarini o‘qitish jarayonida umumiy ilmiy-uslubiy tizim yo‘lga qo‘yiladi va monitoring qilinadi.

Davlat fuqarolik xizmatchilarining moddiy va ijtimoiy ta’minot darajasi oshiriladi.

Mavzuga oid

E`lonlar