AQŞning Kolorado ştatida örmon yonğinlari avj oldi. Ştat gubernatori Jared Polis favqulodda vaziyat rejimini e’lon qildi.

Yuzlab uylar yonib ketgan, ön minglab odamlar evakuatsiya qilindi.

Birgina Lyuisvill va Syupirior şaharlaridan 30 ming kişi evakuatsiya qilingan.

Boulder okrugida vaziyat jiddiyligi, qurbonlar bölişi mumkinligi aytilmoqda.

Yonğinlar qurğoqçilik fonida avj olgan, soatiga 169 km tezlikda esayotgan şamol olovning yanada kengroq tarqalişiga sabab bölmoqda.