Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahalla xodimlarini rag‘batlantirish tartibi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni qabul qildi.
Prezidentning «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etilgan.
Quyidagilar jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilangan:
- fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining yillik mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining (moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi mablag‘larini inobatga olmagan holda) 10 foizi miqdoridagi budjet mablag‘lari;
- xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari qarorlariga asosan ajratiladigan mahalliy budjetlar qo‘shimcha manbalarining 3 foizi miqdoridagi ajratma;
- fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mol-mulkini belgilangan tartibda ijaraga berishdan olingan mablag‘lar;
- homiylik mablag‘lari;
- qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni nazarda tutadi:
- jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning asosiy manbalari va ushbu mablag‘lardan foydalanishning maqsadi;
- jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xodimlarga har oylik ustamalar belgilash va to‘lash, shuningdek, ularni mukofotlash va ijtimoiy himoya qilish tartibi;
- tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tomonidan jamg‘arma mablag‘larining hisobi va hisobotini yuritish, jamg‘arma mablag‘laridan oqilona va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan shaxsiy va rag‘batlantiruvchi ustamalar to‘lash Vazirlar Mahkamasining «Fuqarolar yig‘inlari faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Xususan, xodimlar reyting tizimiga asosan kelgusi chorak davomida 50 foizdan 100 foizgacha har oylik ustamalar oladi.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Aliyev: «Qorabog‘ni tiklashda ilk sovg‘ani O‘zbekiston bergan»
Jahon | 00:57
-
Dang‘arada Tojikiston bilan birgalikda 10 million dollarlik sim zavodi qurilmoqda
Iqtisodiyot | 21:25 / 20.07.2025
-
Ukraina Rossiyaga muzokaralarning yangi raundini o‘tkazishni taklif qildi
Jahon | 20:47 / 20.07.2025
-
Ilhom Aliyev Ukrainani hech qanaqasiga «okkupatsiyaga rozi bo‘lmaslik»ka chaqirdi
Jahon | 20:19 / 20.07.2025
Mavzuga oid

14:03 / 09.07.2025
5,2 mingta mahallada o‘tgan 6 oyda birorta jinoyat sodir bo‘lmadi

20:51 / 08.07.2025
Yil boshidan buyon sodir etilgan jinoyatlarning 42 foizini kiberjinoyatlar tashkil qildi

14:03 / 25.06.2025
To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish rag‘batlantiriladi

12:30 / 08.06.2025