Bo‘stonliqning tog‘ yo‘llarida bir necha kilometrlik tirbandlik yuzaga keldi

Bo‘stonliq tumanining tog‘li hududlaridagi dam olish maskanlariga tashrif buyuruvchilar soni keskin ortdi.
YHXBB xabar berishicha, dam olish maskanlari atrofidagi avtoturargohlar transportlar bilan to‘lgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Amirsoy, Chorvoq, Chimyonga boradigan yo‘lda uzun tirbandliklar yuzaga kelgani aks etgan videolar tarqaldi. Videolarda dam olish maskanlariga olib boruvchi yo‘l yopilib, bir necha kilometrlik tirbandliklar yuzaga kelgani aytilgan va haydovchilarga u yerga bormaslik maslahat berilgan.
Eslatib o‘tamiz, Yangi yil bayrami munosabati bilan e’lon qilingan dam olish kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga ko‘plab fuqarolar tashrif buyurishi kutilayotgani sababli avtomobil yo‘llarida tirbandliklarning oldini olish va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 2022 yil 5 yanvarga qadar Bo‘stonliq tumanining dam olish zonalaridan o‘tgan avtomobil yo‘llarida harakatlanish uchun ayrim cheklovlar kiritilgandi.
Xususan, avtotransport vositalarining oqimini hisobga olgan holda 4R6 Toshkent–Chimyon avtomobil yo‘lining 57–92 kilometrlari va 4R10 Chorvoq suv ombori halqa yo‘li avtomobil yo‘lining 0–12 kilometrlari oralig‘ida bir tomonlama harakatlanish joriy qilingan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliyada yuzlab koalalar vertolyotdan turib o‘qqa tutildi
Jahon | 01:16
-
Keniya prezidenti rossiyalik olirgarxning pullarini yuvishda ayblanmoqda
Jahon | 00:31
-
Kashmirda sayyohlarni o‘qqa tutgan terrorchilar haqidagi ma’lumot uchun mukofot e’lon qilindi
Jahon | 23:43 / 23.04.2025
-
Lavrov: Rossiya YeIning Markaziy Osiyoda hukmronlik o‘rnatishga bo‘lgan urinishlariga qarshi
Jahon | 23:20 / 23.04.2025
Mavzuga oid

17:00 / 08.04.2025
Chimyon dam olish hududida qor ko‘chkisi sodir bo‘ldi

21:41 / 31.12.2024
Bo‘stonliqda 12 yanvargacha harakat bir tomonlama bo‘ladi

22:08 / 06.12.2024
Prezident Chimyonda kapsula uylardan iborat dam olish maskanini ko‘zdan kechirdi

12:04 / 13.08.2024