Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda mashina urib yuborgan yo‘l ta’mirlash korxonasi ishchisi vafot etdi
Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida yo‘l ta’mirlashda ishlab turgan ishchi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 27 dekabr kuni soat 19:00larda Nishon-Talimarjon avtomobil yo‘lining 25-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Nishon tumani “Shirinobod” MFYda yashovchi P.T. o‘zining boshqaruvida bo‘lgan Nexia mashinasi bilan Nishon-Talimarjon avtomobil yo‘lining 25-kilometrida ta’mirlash ishlari olib borayotgan S.I. ni urib yuborgan.
Oqibatda Nishon tumani yo‘llaridan foydalanish unitar korxonasi yo‘l bo‘limi ishchisi S.I. og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Nishon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 1 yanvar kuni Dehqonobod tumanida haydovchi mashinani yomg‘irli havoda ehtiyotsizlik bilan boshqarishi oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:35 / 08.07.2026
Qashqadaryoda davlat mehnat huquq inspektori firibgarlikda ushlandi
23:02 / 03.07.2026
“O‘lganning ustiga tepgan”: Qashqadaryoda o‘nlab fuqaroning kreditga olingan mashinalari g‘oyib bo‘ldi
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026