2022 yil 1 yanvardan 15 mamlakat örtasida imzolangan tarixdagi eng yirik savdo kelişuvi kuçga kirdi. Bu yirik kelişuv sayyoradagi har uçinçi odamning daromadlari oşişini ta’minlaşi kutilmoqda. AQŞ va Xitoy örtasidagi agressiv savdo munosabatlari, şuningdek, koronavirus pandemiyasi sabab sillasi qurigan dunyo iqtisodiyoti ham aynan şu kelişuvdan biroz öziga kelişi kutilmoqda.
2020 yil 15 noyabr kuni Xanoyda imzolangan kelişuvga Bruney, Vetnam, Indoneziya, Kamboja, Laos, Malayziya, Myanma, Singapur, Tailand, Filippin, Avstraliya, Xitoy, Yangi Zelandiya, Janubiy Koreya va Yaponiya a’zo bölgan. U bejizga tarixdagi eng yirik savdo kelişuvi, deyilmayapti. Bu mamlakatlarda 2,2 milliarddan ortiq iste’molçilar yaşaydi. Davlatlarning umumiy yillik yalpi içki mahsuloti esa 28 trillion dollarni taşkil etadi. Bu dunyo iqtisodiyotining 32 foizi degani.
RCEP (Regional Comprehensive Economic Partnership – Hartomonlama mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik) deb nomlanuvçi kelişuv Xitoyni Osiyo-Tinç okeani havzasi davlatlari, xususan, Avstraliya, Yaponiya hamda Janubiy Koreya bilan boğlaydi. AQŞ va Yevropa Ittifoqidan keyingi dunyoning uçinçi iqtisodi hisoblangan Xitoy oldin bu qadar köp tomonlar iştirok etgan kelişuvlarga qöşilmagandi, ayniqsa, yaşirin duşmani Yaponiya bor kelişuvlarda.
Xitoy 2020 yil noyabrda imzolangan va 2022 yil 1 yanvardan kuçga kirgan kelişuv a’zolaridan biri Avstraliya bilan ham oldinroq urişişga ulgurgandi. Ma’lumot uçun, Avstraliya Xitoy uçun asosiy xomaşyo yetkazib beruvçi davlat hisoblanardi. Butun dunyo koronavirus ilk marta paydo bölgan Xitoydagi hududni tekşirişni talab qila boşlaganida, Avstraliya ham bu talabni qöllagan. Şu sabab Avstraliyadan arazlagan Xitoy bu davlatdan keladigan kömir, buğdoy, mol göşti hamda vinoga boykot e’lon qilgan.
Yangi kelişuvdan 15 ta davlat manfaatdor bölsa-da, u Xitoyning dunyo iqtisodiyotidagi pozitsiyasini mustahkamlaşi kutilmoqda. Xitoy asosiy raqobatçisi AQŞ, töğriroği, Donald Tramp sabab uşbu yirik savdo kelişuvining markazida bölib qoldi. Gap şundaki, RCEP borasida davom etgan 8 yil içida uning iştirokçilari bölmiş Yaponiya, Avstraliya hamda Yangi Zelandiya TPP (Trans-Pacific Partnership – Tinç okeani havzasidagi transport hamkorligi) nomli boşqa savdo blokini taşkil etib ulgurişdi. Bu kelişuvda AQŞ hamda Kanada ham bor edi.
Ammo AQŞning sobiq prezidenti Donald Tramp mamlakatni bu kelişuvdan olib çiqib ketdi. Bu esa RCEP taşkil etilişini tezlaştirib yubordi. Ha, Tramp Xitoyning manziliga har qança yomon gaplar aytmasin, bu qarori bilan Xitoyga katta yordam berib yubordi.
Uşbu kelişuvga köra, unga a’zo Osiyo davlatlari bir-birining bozoriga tösiqsiz kiriş imkoniga ega böladi, şuningdek, mahsulotlar uçun bojlar kelişilgan miqdorda kamaytiriladi. Natijada mintaqaning kambağal davlatlarida iqtisodiy ösiş tezlaşişi, odamlarning hayot tarzi yaxşilanişi kutilmoqda. Kelişuv tarkibiga yangi davlatlar qöşilişi kutilmoqda va unga kirişga ayniqsa, Hindiston intizor bölyapti.
Uşbu savdo kelişuvi juda yirik integratsiyalaşuvning boşi bölib xizmat qilişi mumkin. Kelişuvda Laos kabi qaşşoq, Yangi Zelandiya kabi boy, Xitoy kabi kommunistik, Yaponiya kabi post-imperialist davlatlar bor. Şunday bölsa-da, bu savdo kelişuvi Şimoliy Amerikada AQŞ, Kanada, Meksika örtasida, Yevropa Ittifoqida 30 dan ortiq davlatlar orasida tuzilgan erkin iqtisodiy zonalargaça yetişiga ança bor.
Yangi kelişuv işçilar huquqi, atrof-muhit himoyasi va intellektual mulk huquqiga tegişli emas. Bir söz bilan aytganda, u siyosatga aralaşmaydi va toza savdo kelişuvi sifatida amalda böladi. Kelişuv savdo siyosatining bir qismini iştirokçilarning öziga qöyib beradi. Masalan, Yaponiya, Xitoy kabi gigantlar öz bozorini himoya bojlari bilan muhofazalaşi mumkin. Iştirokçilar örtasidagi tortişuvlarni hal qiladigan umumiy mexanizm ham işlab çiqilmagan.
VVS'ning Osiyo böyiça muxbiri Mariko Oyning fikriça, kelişuv iştirokçilarni boy qilib yuborişi haqida gapirişga erta: «Savdo kelişuvi çindan juda katta, axir bu borada muzokaralar 10 yillab davom etdi. Ammo iştirokçilar iqtisodi bu kelişuvdan çeklangan miqdordagina foyda olişi mumkin, çunki ular allaqaçon boşqa savdo ittifoqlariga ham a’zo.
Lekin bu savdo ittifoqining bir ustunligi bor: u siyosiy va diplomatik jihatdan murakkab munosabatda bölgan davlatlarni ham boğlaydi. Masalan, Xitoy va Yaponiyani», deydi VVS muxbiri.












