Fotima va Zuhra Holiyeva 2012 yilda dunyoga kelgan. Hozirda 9 yoşda bölgan egizaklar 2017 yil Andijon viloyati Qörğontepa tumanidagi Nogironligi bölgan şaxslar muruvvat bolalar uyiga olib kelingan. Şundan buyon ular mana şu maskanda yaşab, ta’lim-tarbiya olmoqda.

Özgalardan ajralib turadigan egizaklar yaşaş tarzi boşqa bolalardan farqli. Ular ikki xil fikrlaşga ega. Fotima çaqqonroq bölsa, Zuhrada nutq qobiliyati köproq rivojlangan.
Tarbiyaçilarning ta’kidlaşiça, Fotima maşğulotlarda şoşqaloqroq, Zuhra mana şunday paytda qiyinçiliklarga duç keladi va tanasida birga yaşayotgan egizagiga sekinroq harakat qilişini aytadi.

Mutaxassislar tomonidan mazkur egizaklarni operatsiya qiliş va ajratiş masalasi bir neça marotaba örganilgan. Biroq Fotima va Zuhraning ayrim a’zolari bitta ekanligi sabab operatsiya qiliş mumkin emas.
Egizaklar hayot tarzida juda köplab qiyinçiliklarga doş berişga majbur. Biri ovqatlanganda ikkinçisi kutib turişi, uxlayotganda esa biri uyğonib ketsa, ikkinçisining ham uyqusi buzilişi mumkin.

Şuningdek, yotganda birining ustiga ikkinçisi çiqib qolişi oqibatida yurakda ortiqça bosim yuzaga kelişi mumkin.

Ikki tana birlaşib yaşayotgan egizaklarning şaxmat öynayotgani, raqsga tuşayotgani, umuman, yaşaş uçun kuraşayotgani tahsinga sazovor. Öylaymizki, Fotima va Zuhra Holiyevalar mana şu qiyinçilikni bardoş bilan yengib, uzoq umr körişadi.

Abduvali Qurbonov
Tasvirçi va montaj ustasi Azizbek Ismoilov.
















