Köp kvartirali uylarga oid yangi qoidalar belgilanmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi, deya xabar bermoqda Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi.

Qarorga muvofiq:

- köp kvartirali uy-joy fondini ta’mirlaş uçun boşqariş organi tomonidan har bir köp kvartirali uy uçun majburiy badallarning yoki tölovlarning alohida hisobi yuritiladi.

 Misol uçun, 18-son köp qavatli uydan yiğilgan “kvartplata” 19-son uy uçun sarflanişiga yöl qöyilmaydi va bu işlar Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi huzuridagi Köp kvartirali uy-joy fondidan foydalaniş sohasini nazorat qiliş inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Şuningdek, aholi tomonidan boşqaruv organlarining noqonuniy xatti-harakatlari ustidan ham inspeksiyaga şikoyatlar yuboriş imkoniyati yaratilib, ijrosi haqida ham hisobot berib boriladi;

- köp kvartirali uyda umumiy mol-mulkning talab darajasida saqlanişini ta’minlaş uçun zarur bölgan xizmatlar va işlarning röyxati Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, viloyatlar va Toşkent şahar xalq deputatlari kengaşlari tomonidan tasdiqlangan minimal röyxat asosida köp kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining umumiy yiğilişida tasdiqlanadi;

- boşqariş organlari tomonidan köp kvartirali uylarda avariya vaziyatlarini bartaraf etuvçi 24/7 rejimida işlaydigan avariya-dispetçerlik xizmati taşkil etiladi, bunga moliyaviy imkoniyati yoki moddiy-texnika bazasi yetarli bölmagan taqdirda, avariya-dispetçerlik xizmati körsatuvçi boşqa taşkilotlar jalb qilinişi mumkin;

- köp kvartirali uyni boşqariş organi tomonidan doimiy ravişda joy mulkdorlarining sörovnomasi asosida kommunal xizmatlarning hajmi (miqdori), umumiy mol-mulkni saqlaş maqsadida sarflangan xarajatlar töğrisidagi ma’lumotlar berib boriladi;

- boşqariş organlari tomonidan köp kvartirali uylarni boşqariş billing tizimi orqali amalga oşiriladi. Natijada:

  • majburiy badallar hisobi xonadonlar kesimida yuritiladi va tölov bölganligi töğrisidagi ma’lumot foydalanuvçining mobil telefoniga qisqa xabar (SMS) şaklida yuboriladi;
  • boşqaruvçi organlarga murojaatlarni elektron şaklda yuboriş mumkin böladi va ularning ijrosi mutasaddi organlar tomonidan nazorat qilinadi;
  • har bir mulkdorda billing tizimi orqali onlayn tartibda uy-joy mulkdorlarining umumiy yiğilişini ötkaziş uçun mulkdorlarni çaqiriş imkoniyati böladi;
  • uy-joy mulkdorlari örtasida sörovnomalar ötkazilib, boşqariş organi faoliyati töğrisidagi fikr-mulohazalar onlayn tahlil qilinadi va şu tariqa körsatilgan xizmatlar sifati aholi tomonidan baholanadi.