Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» Koutino Angliya klubiga o‘tishini e’lon qildi
«Barselona» klubi jamoaning braziliyalik yarimhimoyachisi Filippe Koutinoning ijarasi bo‘yicha «Aston Villa» bilan kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.
Kataloniya klubi rasmiy sayti xabariga ko‘ra, Koutino mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida «Aston Villa»da o‘tkazadi. Kelishuvda futbolchini sotib olish huquqi ham kiritilgan. Shuningdek, Koutinoning maoshi kattaligi sababli «Barsa» mablag‘ning ma’lum qismini to‘lashda davom etadi.
Qayd etilishicha, braziliyalik 29 yoshli futbolchi Buyuk Britaniyada ishlash vizasini olgach, Birmingem klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Koutino 2018 yilda 135 million yevro evaziga «Liverpul»dan «Barselona»ga o‘tgandi. Filippe Kataloniya klubida 106 o‘yinda 25ta gol, 14ta assistga mualliflik qilgan. U 2019/20 yilgi mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida «Bavariya»da o‘tkazgan edi.
Mavzuga oid
11:22 / 21.05.2026
Emeri beshinchi bor Yevropa Ligasida g‘olib chiqdi
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026