Umuman, Alqarovning işdan böşatiliş tarixi aslida ğalati. Biroq texnikum ma’muriyatining Kun.uz söroviga javob berişdan turfa yöl izlab qoçayotgani yanada ajablanarli.
Gapni boşidan boşlasak. Prezidentning 2020 yil 29 apreldagi “Özbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qaroriga asosan, 2021 yil 28 iyun kuni Adliya vazirligining Samarqand yuridik texnikumi xodimlari onlayn şaklda attestatsiyadan ötkazilgan. Komissiya xulosasiga köra, Alqarov uşbu attestatsiyadan ötolmaydi. Aynan öşa xulosaga asoslanib, texnikum direktori vazifasini vaqtinça bajaruvçi Otabek Toşniyozovning buyruği bilan Alqarov işdan böşatilgan.
Şundan söng Alqarov attestatsiya nizom talablariga rioya qilinmagani, adolatsiz xulosa çiqarilgani, uning javoblari inobatga olinmaganini iddao qilib fuqarolik işlari böyiça Samarqand şahar sudiga murojaat qiladi.
Sudning 2021 yilning 7 oktyabrdagi hal qiluv qarori bilan, yuridik texnikumlar xodimlarini attestatsiyadan ötkaziş böyiça Adliya vazirligi komissiyasining 2021 yil 28 iyundagi attestatsiya bayonnomasining Norbek Alqarovga oid qismi bekor qilinadi. Texnikum direktori vazifasini vaqtinça bajaruvçi Otaqulovning 2021 yil 15 iyuldagi Alqarov bilan tuzilgan mehnat şartnomasini bekor qiliş töğrisidagi buyruği ğayriqonuniy deb topiladi.


Sud da’vogar Alqarov avvalgi lavozimiga tiklanişi, texnikum hisobidan uning foydasiga majburiy progul kunlari uçun 11 190 102 söm iş haqi undirişga qaror qiladi. Hal qiluv qarorining işga tiklaş qismi darhol ijroga qaratilişi söraladi.
Alqarovning aytişiça, 2020 yilda ötkazilgan attestatsiyada ham uç nafar öqituvçi oşna-oğaynigarçilik, taniş-bilişçilik oqibatida attestatsiyadan ötkazilmagan. Adliya vazirligiga qilingan murojaatdan söng tanlov adolatsiz ötkazilgani aniqlangan va aybdorlar jazolangan. 2021 yilda ham eski ssenariy takrorlanayotgani ma’lum qildi.
Ikkinçi tomonni ham eşitiş maqsadida texnikum direktori vazifasini vaqtinça bajaruvçi Toşniyozovning qöl telefoniga qönğiroq qildik. Direktor qönğiroğimizga javob bermagaç, sud jarayonlarida bevosita iştirok etgan, voqeadan xabardor texnikumning kadrlar bölimi boşliği Uluğbek Şamsiddinov bilan 3 dekabr kuni telefon orqali boğlandik. U dastlab holat haqida telefon orqali javob bermasligini ma’lum qildi.




















