Qozoğistonda bir neça kundan buyon namoyişlar töxtamayapti. Oxirgi kunlarda mamlakatdagi vaziyat bir neça marta özgardi. Namoyişçilar avvaliga Nursulton Nazarboyev hamda hukumat iste’fosiga erişdi. 5 yanvar kuni keçga yaqin butun Olmaotani nazorat qila boşlagandek körinişdi. Biroq keyinroq harbiylar şaharga qaytib, «aksilterror operatsiyasi» ötkaza boşlaşdi. Namoyişlar vaqtida 18 nafar harbiy, önlab namoyişçilar halok bölgani xabar qilindi. «Meduza» sörovi bilan mahalliy jurnalist Aysulu Toyşibekova mamlakatdagi vaziyat haqida reportaj tayyorladi.

5 yanvar kuni soat 15:00lar atrofida tanişim bilan uydan çiqdim-da, tuman böylab yurib nimalar bölayotganini bilişga harakat qildim. Köçada odam köp, dökonlarda navbat, non tugagan edi. Namoyişçilar urna, çelak va beton tösiq bölaklarini taşlab, katta çorrahalarni yopişga urinardi. Dökonlar, bozorlar va odatda ovqat yetkazib beruvçi servis skuterlari bilan gavjum böladigan KFC yopiq edi. Bir neça kvartal narida politsiya maşinalari yonar, harbiy «KamAZ» esa ğildiragi teşilib, bir ahvolda turardi. Namoyişçilar unga «Qozoq» deb yozib ketgandi. Ikki soat avval xuddi şu yerda namoyişçilar va politsiya örtasida töqnaşuvlar kuzatilgan. Ular odamlarni Olmaotaning asosiy maydoni – Astana hamda Mustaqillik maydoniga ötkazmaslikka harakat qilgan.

Yonimizdan navbatdagi erkaklar va oz sonli ayollardan iborat namoyişçilar yayov ötib ketdi. Bir neça maşina qarama-qarşi yönalişdan kelayotgan maşinalar harakatiga yöl qöymaslik uçun odamlarning oldida borardi. Yana ba’zi maşinalar çorrahalarni yopişga safarbar qilingan. Kimdir jim ketar, kimdir «Olğa, Qozoğiston!» deb baqirardi.

Yölovçilar namoyişçilarni telefonda suratga olayotganda ular kameraga olmaslikni söraşdi. Yöl yölakay esa qöllaridagi tayoqlar bilan uçragan nazorat kameralarini sindirib ketişdi.

«Çol, ket»

5 yanvar kuni keçga yaqin internetni öçirişdi, hatto kabelli provayderlar ham işlamay qoldi. Taksi servislari ham muammo bilan işlay boşladi. Şu sabab köçaga çiqdik-da, qöl kötarib taksi töxtata boşladik. Haydovçi 2 ming tengega (5 dollar) Respublika maydoniga olib borişga rozi böldi.

Biz yurgan yölda aytarli voqea yuz bermadi, şu sabab manzilga tez yetib bordik. Haydovçi bizni maydonning oldigaça olib bordi. Şu tariqa kamida uç ming odam töplangan namoyiş orasiga tuşib qoldik. Yonimizda yonayotgan Olmaota hokimiyati turardi. Maydonda Qozoğiston mustaqilligining 30 yilligiga bağişlab ilingan bayroqlar hilpiramoqda. Mustaqillik monumenti oldida juda köp namoyişçilar töplandi. Yölning narigi tomonida esa yana bir guruh yiğilgan. Kimlardadir zirhli kiyim, kaska, himoya niqoblari bor edi. Burgut ovçilari ham qöliga quşini qöndirib kelgan.