«Nega befarqmiz?» - Samarqand şahrida tarixiy obidalar muhiti boy berilmoqda
|17:17 / 09.01.202243 35618 min
Samarqand - obidalar şahri, ertaklar şahri. Bobolarimiz qöli bilan qurilgan osmonöpar binolar özligimizni anglaşimiz uçun, muhim savollarga javob topişimiz uçun kerak: «kimmiz, kimlarning zurriyotimiz, zamon va makonning qaysi koordinatasidamiz?»
Bularni biz — hozirgi sarosimali davr farzandlari, yodgorliklarga qarab bölsa-da anglaşga qodir emasmiz balki. Biroq özlikni anglaş vositalarini kelajak avlodlarimizga butunligiça yetkaziş — zimmamizdagi qarz.
Samarqand şahrida hozirda tarixiy ahamiyatga ega binolar 600dan ortiq bölsa ham, köz-köz qiladiganimiz, faxrlanadiganimiz barmoq bilan sanarli. Obidalar mumkin qadar asrab-avaylanayotgani ta’kidlab kelinadi, lekin olimlarga köra, öşa obidalar tevaragidagi muhit, tarixiy manzara yöqolib bormoqda.
Şarqona tarixiy inşoot muhiti, fon vazifasidagi imoratlar mavzusiga ilk bora 90-yillar oxirlarida duç kelganman. Öşanda, mavzuni çuqurroq örganiş maqsadida Samarqand Davlat arxitektura va quriliş instituti professori, tarixiy me’morçilik bilimdonlaridan biri Adham Öralovni izlab borganman.
Foto: Kun.uz Professor Adham Öralov.
Domla «fonovaya zastroyka»ni tuşuntirib, bu «faqat Markaziy Osiyoda emas, balki butun Islom dunyosi me’morçiligi öziga xosligining eng muhim şarti — uyğunlik» degandi. Keyin sodda qilib, «masalan, men eng böydor va baquvvat talabaning salobatini ta’kidlaş uçun u bilan yonma yon ozğinroq va pastroğini qöyişim kerak. Tor köça böylab yurib boryapsiz, bir, bir yarim qavatli uylar, burilişlar, yana boraverasiz va kutilmaganda mahobatli, yorqin ranglardagi ulkan imorat paydo böladi. Ayni bu binolar möljal vazifasini ham bajargan, ulkan inşootning keng maydon örtasida qoldirilişi Şarq me’morçiligiga xos emas», degandi.
Yaqinda yana şu mavzu yuzasidan Ahdam Öralovni yöqlab bordim. «Xivada saqlangan, Buxoroda ham bizdagi kabi emas, faqat Samarqandda tarixiy muhit yöqotildi, yöqotilib borilmoqda», — dedi olim.
Institutning loyihalaş kafedrasi dotsenti, me’morçilik fanlari nomzodi Habibullo Qayumov esa «Faqat ayrim yodgorliklar yonida emas, balki butun eski şahar hududida 2 qavatdan baland uy quriş mumkin emas, gap bu yerda faqat qavatda ham emas, har bir bino tarixiy muhitga muvofiq bölişi zarur», dedi. Söng, har bir quriliş loyihasi yodgorliklarni asraş taşkiloti, Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanmasdan ijro etilmasligi kerak, deb ta’kidladi.
Nodir me’moriy obidalarimiz manzarasida 4 yoki 5, hatto 6 qavatli binolar qurilişda davom etyapti, köçalar kengaytirilyapti. Samarqand qöriqlanişi şart bölgan uçta alohida, ayni vaqtda bir-birini töldiradigan qadimiy şaharlarga ega: Afrosiyob arxeologik qöriqxonasi, Amir Temur davrida qad kötargan, bugunda xalq orasida eski şahar, deb ataladigan şahar va Koalitsiya davri şahri — yangi şahar.
Mavzuga oid
Bugun men Amir Temur davri obidalari bilan boğliq fakt va mulohazalar atrofida töxtalmoqçiman.
Istasak-istamasak, tabiiy şaroit, qor yomğir, şamol, yer silkinişi yodgorliklar doxil, uni örab turgan uy-joylar, infrastruktura fizik holatiga ham, ta’sir qiladi. Lekin Samarqandda obidalar muhitiga kompleks tarzda «zamonaviy» köriniş beriş harakati hali Sovetlar Ittifoqi davrida boşlangan edi.
Registon ansambli
Registon majmuasi atrofidagi tarixiy muhitni keskin özgartiriş davri ötgan asrning 60-yillariga töğri keladi. Bu vaqtda ansambl old va yon tomonlaridagi uy-joy va boşqa obektlar tekislangan. Faqat orqa tomondagi mahalla özligiça qolgan.
Foto: Kun.uz
Jumladan, ansamblning çap yonboşida Uluğbek qurdirgan, «Hammomi Mirzoyi» nomi bilan maşhur bölgan va beş asrdan buyon faoliyati töxtamagan hammom buzilib, örnida «Yubileyniy» restorani (2 qavatli), uning qatorida univermag (3 qavatli) qurildi, «Navoiy» nomidagi kinoteatr paydo böldi. Obidaning old tomon muhitini taşkil etgan Labi ğor mahallasi xonadonlari örnida beş qavatli uylar qurildi. Bularning bari balandligidan taşqari, konstruksiyasi, mazmuni, ornamentlari bilan ğarbona edi.
Foto: Kun.uz
Gohida quloqqa çalinadigan «Ötmiş bilan kelajak uçraşgan maydon» degan ibora öşa davrdan qolgan bölsa kerak. Kamiga, keyinroq yana bir haşamatli bino — muzey qurildi. Ğarb tomonidan esa köp qavatli maktab, keyinroq örtaga çiqqan restoran Registon mahobatiga soya taşlardi.
Öşa xatolarni göyo tuzatiş harakatlari 2000-yillar örtalaridan boşlandi. Ya’ni «Yubileyniy» restorani tekislandi. Kinoteatr va muzey ham. Univermag binosining faqat bir qavati qoldirildi. Muzey binosi ham tekislandi. Beş qavatli «dom»larning yuqoridagi ikki qavati olib taşlanişi haqida köp gapirildi-yu, lekin bu ham yeçim emas, deb hisoblaşdi.
Foto: Kun.uz
Açinarlisi, şu davrning özida tağin yangi va yangi, yanada jiddiyroq xatolarga yöl qöyildi. Yuqorida aytdik, bungaça Registonning faqat orqa tomonida tarixiy muhit manzaralari saqlangan edi, çoğroq köça, devorlari oq, moviy, kulrang, asosan bir qavatli, ba’zilari boloxonali, ayrimlari ayvonli milliy hovli-joylar edi. Registonga orqa tomondan kirib keliş mumkin bölgan yagona tarixiy köça 2006 yilda kengaytirildi, mahalla orqaga çekintirildi. Kamiga Registon va mahalla örtasida devor kötarildi. Buning ustiga devorga Registon naqşlari nusxasi berildi. Yana açinarlisi, bu naqşlar rang-böyoği asliyatdan ança yorqin va yaltiroq qilib tanlandi.
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Men devor qurilişi haqida avvalroq, Registon ansamblining öşa vaqtdagi direktor örinbosari Qurbon Hasanovdan eşitganman. Mutaxassis kuyinib gapirdi: «Jamoat binosi qanday qilib jamoatdan ajratib qöyiladi?»
Keyin u kişi öşa davrlardagi gidlardan faqat bir neçtasi, masalaning mohiyatini biladigan, tajribalilari sayyohlarini aynan öşa tor köçadan piyoda olib kelişini uqtirdi: «Tarixiy muhit orqali kirib kelgan sayyohning hayrati özgaça böladi. Devor kötariş eng katta xatodir».
Oradan 16 yil ötibdi. Qurbon Hasanov olamdan ötdi. Registon va mahalla örtasidagi devor xato ekani tan olindi. Ötgan yili qator naşrlar ana şu devor buzilişi haqida xabarlar berdi. Lekin bu masala hali ham aniq yeçim topgani yöq. Qolaversa, devorni qulatiş bilan xatoni tölaligiça önglab bölmasligi ham bor gap.
Foto: Kun.uz
Habibullo Qayumov devorning özi ham, naqşlar nusxalaştirilişi ham töğri bölmaganini ta’kidladi: «Aslida Registonning yagonaligini körsatişimiz kerak. Nusxalaştiriş sayyohning ilk taassurotida asliyatning qiymatini tuşiradi, qadrini pasaytiradi. Aslida, ajdodlarimiz qöli tekkan osori-atiqa birinçi darajali, nodirligini urğulaş kerak».
Darvoqe, Registon atrofida old plandagi muhitni bugunda arçalar taşkil qilyapti. Ilojsizlikdan qilingan kontrastli fon. Lekin arça şahar içkarisida, şarqona ulkan jamoat binosiga qançalik uyğun böladi, degan savolni xorijiy sayyoh ham xayolidan ötkazsa kerak. Samarqandda faqat Registonda emas, boşqa qadimiy jamoat binolari atrofida ham arçazorlar kam emas.
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Qadimda tarixiy obidalar atrofida yakkam-dukkam tarzda faqat tut ekilgan. Tutning 15-20 metrlik ildizi binodagi namlikni şimib olişga xizmat qilgan.
Foto: Kun.uz
Ansambl röparasidagi 5 qavatli turar joylarni tösiş maqsadida ekilgan çinorlar esa qişda «vazifasini bajarolmay qoladi».
Göri Amir maqbarasi
Yodingizda bölsa, 1996 yilda Amir Temurning 660 yillik yubileyi nişonlandi. Töyni munosib ötkaziş maqsadida davlat miqyosidagi dastur tuzilgandi. Belgilangan tadbirlarning bir qismi Amir Temur maqbarasi bilan boğliq edi.
Şu yösinda «ulkan bunyodkorlik işlari» deb me’moriy obidaning fon manzarasi tamoman yöqotildi. Ya’ni ziyoratgoh atrofidagi hovli-joylar, «Tabassum» deb ataladigan çoyxona-kafe, sartaroşxona, yodgorlik tomon eltuvçi köçalar tekislanib, «Göri Amir» keng maydonda qoldi. Töğri, maydonda gulzorlar, favvoralar paydo böldi. Bu yerda ham ziyoratgoh va mahallaning qolgan qismi örtasida oson dekoratsiya sifatida devor qurildi. Lekin bu eng xato yeçim edi... Men öşanda tarixiy obida muhiti mavzusini ilk marta örganişga kirişgandim.
Foto: Kun.uz
Bugunda Göri Amir maqbarasi atrofi ham arçazor qilib taşlangan. Endi sizni «Ruhobod» maqbarasidan mahallaning bağdodi dariçalarida zulfinlar osilgan xonadonlar emas, ikki tomoni arçalar bilan qoplangan yölak ziyoratgoh tomon boşlaydi. Ayrim mutaxassislar «Ruhobod» maqbarasining zaxlaşi va yubiley yilida qurilgan favvoralarga boğliqligi bor, deb hisoblaydilar.
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Göri Amir maqbarasi yonginasida sovetlar zamonida qurilgan 11 qavatli «Inturist» mehmonxona bir neça yil muqaddam buzildi. Bu sanoqli ibratli işlardan biri böldi.
Foto: Kun.uz
Bibixonim, Şohi Zinda, Hazrati Xizr yodgorliklari va bugunning xatolari
Adham Öralov har bir sayyoh ötmiş nafasi ufurib turgan maqbara, madrasadan çiqib, öziga singdirgan ruhiyatni yöqotmasligi, boşqa obektgaça öşa kayfiyat saqlanişi muhim, deb hisoblaydi. Lekin Samarqand tarixiy obidalaridan biridan boşqasiga ötgunça haşamatli (ayrimlari qöpol) «zamonaviy» dom, tibbiy markaz, restoran, supermarket va hokazolar uçraydi. Ular sayyohlarni tarixiy kayfiyatdan, tabiiyki, uzoqlaştiradi.
Foto: Kun.uz
Yuqorida tilga olingan obidalar qatorida Bibixonim, Şohi Zinda va Hazrati Xizr ziyoratgohlari tarixiy muhiti ham sun’iy ravişda zarar körgan. Eng yomoni, ayni şu kunlarda ham uçala inşoot uçun yagona böladigan tarixiy muhit köz öngimizda yemirilib bormoqda. Siyob bozori şimoliy-şarqiy darvozasi yöliga tutaş köprik ustidan kuzatsangiz, har uçala obidaga deyarli bir xil masofada bölasiz. Aynan şu joydan şahar içkarisiga olib kiradigan yöl (Şohi Zinda köçasi) tomonga yuzlansangiz, masalan, kimnidir çaqirsangiz ovozingiz yetadigan yerda ulkan quriliş maydonini eslatadigan manzarani körasiz. Favqulodda kengaytirilgan yölning har ikki tomoni böylab quriliş ketyapti.
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Imoratlar orasida tarixiy hudud talablari buzilgan hollar kam emas. Ğarb uslubidagi uç qavatli, tört qavatli uylar, mehmonxonalar va allanimalar... Samarqand relfining öziga xosligini hisobga olsak, yölning balandlagan qismida hatto ikki qavatli binolar ham 4 qavatli kabi nisbat beradi.
Xuddi şu yerdan «egasini qamoqqaça olib borgan» 12 qavatli ulkan dom ham közga taşlanib turadi.
Foto: Kun.uz
Şu kunlarda faqat şu nuqtada emas, balki eski şaharning köplab mahallalarida ham baland va ulkan qurilişlar avj olgan. Olti, yetti qavatli, undan pastroq va balandroq... Qurilişlarni tezroq bitkazişga undalmoqda. Kelgusi yilda Samarqandda Şanxay hamkorlik taşkiloti anjumani ötkaziladi.
Özingiz öylang, sayyohga bu «dom»larning qiziği bormi? Öz yurtida bundan yuz marta çiroyliroğini körib, yaşab yuribdi u. Balandparvoz tuyulmasin-u, xorijiy mehmon (nafaqat xorijiy) Samarqandga ajoyibotlarni körgani keladi, ertak içida bölmoq uçun keladi.
Ammo tadbirkorga buning na qiziği bor? Töğri, tadbirkor tarixiy hududdan yerni arzonga sotib olmaydi. Birovni hovlisidan majburlab çiqariş oson iş emas. Real narxidan kattaroq pul tölanadi, yangi domdan kvartira va’da qilinadi, könmaganda, «köndiradi». Eski şaharda «uyim «snos»ga ketsin», deb niyat qiladiganlar ham topiladi. Tadbirkor olmoqçi bölgan yer odamlarga tegişli bölmasa, yana boşqaça yöllar qöllanadi.
Adham Öralov eski şaharda qurilgan, tarixiy muhitdan mazmunan uzoq obektlarning asosiy qismi xususiy tadbirkorlarga tegişli, deb aytadi.
«Biz juda köp narsani yöqotdik. Uzoq vaqt şaharsozlik nima, obidamiz nima, tarixiy muhitimiz nima, tuşunmadik. Tadbirkorlar faqat öz foydasini öylab iş qildi, hozir ham qilyapti. Hozir ham şu qadimiy makondan joy izlab, har kuni sanğib yuradiganlar bor. Bir parça bölsa ham közlagan yerini olmasdan qöymaydi. Odam qöyadi, taniş-biliş qiladi, korrupsiyani işga soladi», — deydi professor.
Samarqandda tarixiy hududdagi «dom» yaqinida yaşovçilar özlarining haq-huquqlari poymol etilgan, deb murojaat qilgani ma’lum.
Habibullo Qayumovning fikriça, tadbirkor agar bitta «dom» ga sarflanadigan mablaği, ğayratini bitta mahallada tarixiy muhit yaratib beriş va öşa yerning muntazam faoliyatiga işlatsa, «dom»dan köra köproq moddiy foyda oladi. Rivojlangan mamlakatlarda qonunlar va iqtisodiyot şunday taşkil etilganki, tarixiy hududda yaşagan odam şu yerda yaşaşdan va tarixiy yodgorlikni saqlaşdan manfaatdor. Soliqda va boşqa jihatlarda imtiyozlar bölişi kerak.
Domlaning gaplaridan şuni angladimki, tadbirkor kelib, boşqa bir hududdan ikkita şunday joy olsang, böladigan pul beraman, desa ham, uy egasiga uyini sotişga rozi bölmaydigan darajada imkoniyatlar yaratib berişi kerak. Habibullo Qayumov tarixiy muhitni saqlaşda aholi soni oşib borişining ham ta’siri katta, deb hisoblaydi. Uning aytişiça, tarixiy hududda aholining demografik ösişiga yöl qöyilmasligi kerak. Odam köpaygani sayin infrastruktura kerak böladi. Eski şaharda kanalizatsiya, gaz, elektr ta’minoti juda yomon». Bu yerda demografik ösişda «dom»larga köçib kelayotgan aholining hissasi kam emas. Bu muammo ham «dom»lar bilan boğliq masala bölib çiqadi.
Xöş, eski şahar yerida qurilayotgan «dom»lar, mehmonxona va hokazolar tarixiy muhitga şunçalar nomuvofiq ekan, ularning loyihalarini kim yaratyapti, kim tasdiqlayapti? Imorat igna emas, ular köz oldimizda qad rostlayapti. Qurilişlar borişini vertolyotdan, maşinadan, piyoda kuzayotgan viloyat, şahar mutasaddilari tarixiy muhitni, fonni juda yaxşi biladilar. Zero, YuNeSKO 2019 yildagi majlisida aynan Samarqanddagi tarixiy obidalar muhiti nimaligini hammamizga eslatdi.
Professor Adham Öralov eski şaharda noqonuniy qurilişlar korrupsiya bilan boğliqligini tadbirkor Umar Rajabov faoliyati misolida körsatadi. «Aslida 4-5 qavatli loyiha bilan (aslida, şu ham mumkin emas edi) 12 qavat qilib «dom» kötarildi. Odamlar köçib ham öta boşlaşdi. Şundan keyingina kalavaning uçi topildi.
Bugunda yangi «dom»lar hujjatlari haqida sörasangiz, qurilişga boş-qoş bölib yurgan mas’ullar (obektning haqiqiy egasini topiş muşkul) loyiha Toşkentda tasdiqlanganini aytişadi.
Yana bir masala. Samarqandning eski şahar qismida keng köçalar ham kerakmi? Töğri, maşinalar köpayib ketdi, inkor qilib bölmaydi. Lekin yuqorida aytdik, katta köçalar, katta maydonlar Şarq yodgorliklari muhitiga xos emas, ular manzarasida obidaning mahobati sezilarli darajada kamayadi. Bugun biz sayyohlikni sanoat darajasida rivojlantiriş imkonimiz bor ekan, şu soha bizning katta nonimiz bölar ekan, nega tarixiy hudud oralab ötadigan avtomobillar qatnovini çeklaş, aylanma yöllarga buriş, yengil transportlarni taşkil etiş imkonini öylab topiş mumkin emas?
Foto: Kun.uz
Bibixonim va Registon oraliğidagi transport qatnovini töxtata bildik-ku. Transport harakati ortişi avvalo, tarixiy obida holatiga töğridan töğri ta’sir qiladi. Rezonans (bu yerosti silkinişi bilan boğliq) kuçaygan sayin me’moriy yodgorlikdagi egilişlar, çökişlar, yorilişlar (bular barça obidalarimizda bor) salbiy holat tomon ketaveradi. Xavotirlisi, Hazrati Xizr, Bibixonim va Şohi Zinda masjid maqbaralariga birdek ta’sir körsatadigan joyda tramvay qatnaydi.
Olimlar şaharning özigagina emas, uning bufer zonasi atrofida ham baland imoratlar kötariş mumkin emas, deb hisoblaydilar. Jumladan, Qorasuv massivida 16, 24 qavatli binolar kötarilgani savol ostiga olinadi. Darxon böyida qurilayotgan massivning ekologiyaga salbiy ta’siri ham ta’kidlandi. «Ekologik buziliş aynan tarixiy yodgorliklar holatiga salbiy ta’sir körsatadi, yomğirlarda kislota tarkibi ortadi», deyişdi suhbatdoşlarim.
Samarqand şahri 2001 yilda YuNeSKOning jahon merosi röyxatiga kiritilgan.
2019 yilda YuNeSKOning jahon merosi qömitasining 43-sessiyasida esa Samarqand tarixiy obidalari muhiti bilan boğliq xavotirlar bildirilgan.
Hujjatda yozilişiça:
«JMQ axborotiga muvofiq, Samarqand YuNeSKOdan oxirgi 20 yil içida tarixiy landşaftni saqlaş uçun 130 ming AQŞ dollarini olgan. Hokimiyat faoliyatining natijasi teskari: tarixiy landşaft xavf ostida». Ma’lum bölişiça, sessiyada YuNeSKO Samarqanddagi yuzdan ortiq obekt borasida tavsiya ilova qilgan.
Kun.uz kolumnistlarni hamkorlikka çorlab qoladi. Dolzarb mavzulardagi mualliflik maqolalarini @Muhammadshakur Telegram-manziliga yuborişingiz mumkin.