Bu haqda çigitni birjadan sotib olgan “Maroqand Gold Oil Ekstraksiya” MÇJ boş hisobçisi Umidjon Toirov Kun.uz'ga ma’lum qildi. Toirovga köra, postda ön kun davomida qolib ketgan mahsulot “Oq Saroy Textile” MÇJ tomonidan qaytarib olib ketilgan va uning örniga 7 yanvar kuni yuz tonna çigit Kattaqörğon şahriga yetkazib berilgan.

Eslatib ötamiz, 2021 yilning 28 dekabr kuni Çiroqçi tumanidagi “Umakay” postida 100 tonna çigit uşlab qolindi. Kattaqörğon tumani hokimi, senator Gavhar Alimovaga köra, bu topşiriq Qaşqadaryo viloyati hokimi tomonidan berilgan. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda noroziliklarga sabab böldi.

Şundan söng Qaşqadaryo viloyati hokimligining bayonoti e’lon qilindi. Unda mahsulot tadbirkorning hujjatlaridagi kamçilik sabab töxtatildi deyildi. Bir muddat ötib çigitni birja savdolari orqali sotgan “Oq Saroy Textile” MÇJ butunlay boşqa munosabat bildirdi. Kattaqörğonlik tadbirkorlarga texnik çigit örniga 2022 yil hosili uçun ekilişi rejalaştirilgan öğitlik çigit yuklab yuborgani haqida ma’lum qildi va texnik çigitga almaştirib berişini ma’lum qilgandi.