2 yanvar kuni tongda Qozoğistonning 100 ming odam yaşaydigan Janaözen şahrida suyultirilgan gaz narxi birdaniga ikki baravar kötarilganidan norozi bölgan odamlar namoyişga çiqdi. Ertasiga esa namoyiş butun mamlakatga tarqaldi. Manğistau viloyati markazi bölgan Janaözen birinçi marta xalqaro xabarlar markaziga tuşayotgani yöq. Janaözenni Qozoğistonda odamlar hukumatdan noroziligining ramzi deb ataşadi.

Neftçilar şahri
Janaözen yangi şahar deyiş mumkin. Şahar 1964 yilda barpo etilgan. 1968 yildan 1993 yilgaça şaharni «Yangi Özan» deb ataşgan. Kaspiy dengizi böyidagi Manğistau viloyati markazi bölgan Janaözen neftçilar şahri hisoblanadi. Şahar gerbida ham neft minorasi, yonib turgan gaz va kimyoviy qayta işlaş hududi ekanini anglatuvçi probirka tasvirlangan.
Janaözen şahri va unga tutaş şaharçalarda 150 ming odam yaşaydi. Hududda uçta yirik neft qazib oluvçi zavod bor, lekin aholisining aksar qismi kambağallikda yaşaydi. Oziq-ovqat narxi qimmat, çunki deyarli hamma narsani boşqa hududlardan olib kelişadi. Şaharda işsizlik darajasi yuqori, uy-joy masalasi ham muammoli.
Şahar aholisining 98 foizini qozoqlar taşkil etadi. Iqlimi keskin özgaruvçan: yozda 50 daraja issiq böladi, qiş ham ayozli keladi. Mahalliy aholi öz hududida joylaşgan neftni qazib oluvçi zavodlarda işlaş uçun bir neça yildan buyon xitoyliklar bilan raqobatlaşişiga töğri kelmoqda.

Şahardagi ijtimoiy-siyosiy holat Qozoğistonning boşqa tinç hududlaridan keskin farq qiladi. Bu hudud köpçilik qozoğistonliklarning fikriça, hukumat fuqarolarga nisbatan adolat qilmayotganining ramziga aylangan. Sobiq ittifoq vaqtida ham, Nazarboyev boşqaruvidagi Qozoğistonda ham şunday bölib kelgan. Körinib turibdiki, bunday munosabat Töqayev kelgaç ham özgarmagan.
Ijtimoiy talablar ortidan etnik töqnaşuvlar
1989 yil Janaözenda qozoqlar va kavkazliklar örtasida töqnaşuv sodir böladi. Öşa yili hududda qozoqlar ilk marta aholining 50 foizini taşkil etgandi. Ungaça qozoqlar ozçilik bölgan. Keyinroq ijtimoiy hayotni, şahar infratuzilmasini yaxşilaşni talab qilgan odamlar norozilik namoyişlari taşkil etadi. Ularda 25-30 ming atrofida odam qatnaşadi. Bu öşa vaqtda hududda yaşagan yoşi katta aholining deyarli yarmi edi.
Janaözendagi namoyişlarni bostiriş uçun SSSR rahbariyati «Vityaz» maxsus harbiy guruhini jalb qiladi. Militsiya hamda harbiylar zirhli texnikalar, tank va harbiy vertolyotlarda harakatlana boşlaydi. Töqnaşuvlar oqibatida rasman 16 kişi halok bölgani, 100dan ortiq odam yaralangani aytilgan. Şaharda bir oy davomida komendantlik soati joriy etilgandi.














