Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urgutda giyohvandlik moddasini sotayotgan shaxs ushlandi
Foto: IIB axborot xizmati
Urgut tumanida giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgan shaxs uni sotayotganda ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2Urgut022 yil 5 yanvar kuni Urgut tumani 3-son IIB profilaktika inspektori tomonidan olingan tezkor ma’lumotga asosan, Urgut tumani Boybul mahallasi hududida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda Bulung‘ur tumanida yashovchi fuqaro B.U. yashirib qo‘ygan 133,85 grammga teng marixuananing bir qismini tadbir ishtirokchisi bo‘lgan xaridorga sotgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.
Shuningdek, u tomonidan yashirib qo‘yilgan giyohvandlik moddasi ham xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Urgut tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
11:58 / 17.12.2025
Buxoroda 4,7 kg “opiy” musodara qilindi
18:15 / 06.12.2025
Markaziy Osiyo davlatlari giyohvand moddalarga qarshi kurashda birdamlik kuchaytiradi
10:30 / 27.11.2025
Rossiyada aktrisa Aglaya Tarasova giyohvand modda kontrabandasi bo‘yicha shartli hukm oldi
15:21 / 25.11.2025