Samarqand viloyati Urgut tumanida 1 kilogramm 240 gramm oğirlikdagi opiy giyohvandlik vositasini sotayotgan ayol qölga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, joriy yil 21 avgust kuni Samarqand viloyati IIB jinoyat qidiruv bölimi xodimlari tomonidan Urgut tumani Öramas mahallasida tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbir davomida Urgut tumani Mirzaboğlon-Çep mahallasida yaşovçi 1992 yilda tuğilgan T.I. (ayol kişi) 18 ming AQŞ dollari evaziga A. ismli şaxsga 1 kilogramm 240 gramm oğirlikdagi opiy giyohvand moddasini sotayotgan vaqtda daliliy aşyolar bilan qölga olingan.
Bundan taşqari, giyohvand moddani qölga olingan şaxsga olib çiqişda yaqindan yordam bergan Ş.O. ham uşlangan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan Urgut tumani böyiça IIO FMB huzuridagi tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Urgutda giyohvand moddalar savdosi bilan şuğullanayotgan şaxslar uşlandi
Urgutda yaşaş xonadonida 535 tup kannabis yetiştirib kelayotgan şaxs uşlandi
















