Samarqand viloyati Urgut tumanida geroin hamda opiy giyohvand moddalari va kiçik elektron tarozi olib ketayotgan şaxs uşlangan. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, joriy yil 2 oktyabr kuni Samarqand viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan Urgut tumani hududida tadbir ötkazilgan. Tadbirda Urgut tumani Sariqtepa mahallasida harakatlanib ketayotgan Cobalt xodimlarda şubha uyğotgan va mazkur maşina tekşiriş uçun tuman IIB binosiga olib kelingan.
Söng Cobalt haydovçisi, Samarqand şahar Jaloliddin Manguberdi köçasida yaşovçi, 1975 yilda tuğilgan fuqaro B.M. şaxsiy tintuv qilinganda, egnidagi kiyimning çöntaklaridan jami 13 dona sellofan paketga solingan oq rangli, ötkir hidli geroin giyohvand moddasiga öxşaş moddalar va 1 dona elektron tarozi borligi aniqlanib, xolislar iştirokida tegişli tartibda hujjatlaştirib olingan.
Qayd etilişiça, viloyat IIB YeKBning ma'lumotiga köra, fuqaro B.M.dan daliliy aşyo sifatida olingan 3 dona sellofan bölaklaridagi modda 2,96 gramm geroin giyohvand moddasi, 10 dona sellofan bölaklaridagi 8,69 gramm moddada esa opiy guruhiga mansub bölgan giyohvand alkaloidlar-morfin, kodein, tebain mavjudligi körsatilgan.
Ta'kidlanişiça, mazkur holat yuzasidan Urgut tumani IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Urgutda 1 kilogramm 240 gramm oğirlikdagi opiy giyohvand moddasini sotayotgan ayol uşlandi
Urgutda yaşaş xonadonida 535 tup kannabis yetiştirib kelayotgan şaxs uşlandi

















