O‘zbekiston | 10:41 / 11.01.2022
1703
2 daqiqa o‘qiladi

Nukusda mebel sexi ishchisi o‘z ish joyidan qariyb 180 mln so‘m o‘g‘irladi

Nukus shahrida 4 yanvar kuni o‘zi ishlab turgan korxonani o‘margan xodim qo‘lga olingan. Bu haqda Tergov departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, shu kuni soat 03:30 atrofida Nukus shahrida tug‘ilgan J.O. o‘g‘rilik qilish maqsadida o‘zi ishlaydigan mebel ishlab chiqarish sexiga hech kim yo‘qligidan foydalanib, g‘ayriqonuniy ravishda kirgan. Ofis sifatida foydalaniladigan xonadagi temir seyfni buzib, ichidagi 236 million so‘mdan 179 million so‘mini talon-toroj qilgan.

Foto: Tergov departamenti
Foto: Tergov departamenti

O‘tkazilgan tergov harakatlari natijasida J.O. mebel sexiga kirish darvozasini qulflaydigan temir ilgichni ochib kirgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» (juda ko‘p miqdordagi o‘g‘rilik) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bir muddat oldin Taxtako‘pirda 16 yoshli yigit seyfdan salkam 9 mln so‘m pulni o‘g‘irlab ketgandi.

Шуҳрат Саидаҳматов
Tayyorlagan Шуҳрат Саидаҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid