Afğoniston milliy elektr kompaniyasi (DABS) payşanba kuni Özbekistondan elektr energiyasi yetkazib beriş normal holatga qaytganini ma’lum qildi. Bu haqda kompaniya saytidagi xabarnomada aytilgan.
«Tonggi 7:00 dan boşlab Özbekistondan elektr energiyasi importi normal holatga qaytdi», — deyiladi DABS xabarida. Kompaniya çorşanba kuni Özbekiston tomoni «oldindan ogohlantirmasdan Afğonistonga elektr energiyasi eksportini 60 foizga qisqartirganini» eslatdi. Bunga «Tolimarjon» elektr stansiyasidagi texnik nosozliklar sabab bölgan.
Biroq, DABS ta’minot qayta tiklanganiga qaramay, mamlakat «taqçillik va haddan taşqari yuklangan tarmoqlar tufayli uzilişlarga duç kelişi mumkin»ligi haqida ogohlantiradi.
Afğoniston elektr energiyasining katta qismini Markaziy Osiyo davlatlaridan, xususan, Özbekiston va Tojikistondan sotib oladi. Importga qaramlik va ta’minotdagi uzilişlar tufayli mamlakatda muntazam ravişda iste’molning eng yuqori mavsumida elektr ta’minotida uzilişlar sodir böladi.

















