AQSh Oliy sudi Baydenning yirik kompaniyalarda majburiy emlash bo‘yicha farmonini blokladi
13 yanvar kuni AQSh Oliy sudi prezident Jo Baydenning yirik korxonalar xodimlarini majburiy emlash va testdan o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonini blokladi, biroq ayrim tibbiyot xodimlarini emlashga ruxsat berdi.

Foto: Getty Images
Axios ma’lumotlariga qaraganda, AQSh ma’muriyatining 100 va undan ortiq ishchisi bo‘lgan korxonalarda xodimlarni majburiy emlash yoki har hafta PZR testini topshirish haqidagi talabi bloklangan.
Sudyalarning qaroriga ko‘ra, Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi (OSHA) 80 milliondan ortiq ishchilarga ta’sir qiladigan qoidani chiqarish huquqiga ega emas.
«Kongress shubhasiz OSHA’ga ish bilan bog‘liq xatarlarni tartibga solish vakolatini bergan bo‘lsa-da, u ushbu agentlikka jamoat salomatligini yanada kengroq tartibga solish vakolatini taqdim etmadi. 100 nafardan ortiq xodimi bo‘lgan kompaniyalarda ishlagani uchun tanlangan 84 million amerikalikni emlash talabi, albatta, oxirgi toifaga kiradi», deyiladi Oliy sudning e’lon qilingan qarorida.
Oliy sud, shuningdek, federal budjetdan moliyalashtiriladigan muassasalarda tibbiyot xodimlari uchun emlash mandatini tasdiqladi.
Ayni paytda, AQSh prezidenti Jo Bayden yirik kompaniyalar xodimlarini majburiy emlash bo‘yicha sud qaroridan hafsalasi pir bo‘lganini aytdi.
«Oliy sud yirik korxonalar xodimlarining hayotini saqlab qolish bo‘yicha ham fanga, ham qonunga asoslangan sog‘lom fikr talablarini to‘sishga qaror qilganidan xafaman. Ushbu favqulodda vaziyat standarti ish beruvchilarga emlanishni talab qilish yoki haftada bir marta testdan o‘tgan va ishda niqob taqib yurgan xodimlarga emlanishdan bosh tortishga ruxsat berardi», deyiladi Baydenning Oq uy veb-saytidagi bayonotida.
Prezident kompaniyalarga vaksinalar yoki testlar uchun o‘z talablarini ixtiyoriy ravishda yaratishi uchun bosim o‘tkazishga va’da berdi.
«Men biznes rahbarlarini zudlik bilan oldinga qadam tashlaganlarga, jumladan Fortune 100 ro‘yxatidagi kompaniyalarining uchdan biriga qo‘shilishga va o‘z ishchilarini, mijozlarini va jamoalarini himoya qilish uchun emlash talablarini joriy etishga chaqiraman», deb qo‘shimcha qildi Bayden.
Oq uy matbuot kotibi Jyen Psaki tibbiyot xodimlarini majburiy emlash haqidagi qarorni «yaxshi xabar» deb atadi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindiston Trampning «ikkilamchi bojlar» tahdididan so‘ng Rossiya neftiga muqobil izlashni boshladi
Jahon | 20:44
-
Rossiyada tarqalayotgan «noma’lum virus» mikoplazma pnevmoniyasi bo‘lib chiqdi
Jahon | 20:35
-
Forbes milliarderlar ro‘yxatini yangiladi: Usmonov O‘zbekiston vakili sifatida ko‘rsatilgan
Jahon | 20:26
-
Ramzon Qodirovning voyaga yetmagan o‘g‘li Checheniston politsiyasi kuratori etib tayinlandi
Jahon | 20:24
Mavzuga oid

19:49
Donald Tramp uchinchi bor AQSh prezidenti etib saylanishi mumkinmi?

18:12
Mask ketadi, DOGE ham o‘z faoliyatini to‘xtatadi – Tramp

11:41
Amerikalik ayol 180 ta kimyoterapiyani boshdan o‘tkazdi

10:16