Bugun yoşlarimizni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy- umumbaşariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bölgan insonlar etib voyaga yetkaziş barçamizning boş maqsadimizdir. Xususan, Farğona davlat universitetida tahsil olayotgan öğil-qizlarimizni mehnat bozorida talab yuqori bölgan zamonaviy kasb-hunarlarga örgatiş, jahon yoşlariga namuna bölgudek gözal tarbiya va bilim beriş, taşabbus va ilmiy intilişlarini röyobga çiqariş yölida harakatdamiz.

 

Umuman, mamlakatimiz yoşlari tomonidan erişilayotgan ulkan yutuqlar zamirida Şavkat Mirziyoyev davlat rahbari sifatida öz vazifasiga kirişgan pallalardanoq yoşlar masalasiga davlat siyosati darajasida qaragani bilan baholaş mumkin. Çunki jadal va barqaror rivojlanişga qaratilgan siyosat aynan davlat rahbari jonkuyarligida yoşlar masalasidan boşlandi. Bu borada mamlakat yoşlari hayotiga katta özgarişlar olib kirgan “Yoşlarga oid davlat siyosati töğrisida”gi Qonun yoş avlod taqdirida islohotlar deboçasi sifatida tarixga muhrlandi.

Iste’dodli yoşlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida Prezident maktablari, Temurbeklar maktabi, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablar faoliyati yölga qöyildi. Bundan taşqari, davlat rahbari har gal yoşlar bilan uçraşar ekan, ularning taklif va muammolariga quloq tutib, yangidan-yangi taşabbus va ğoyalarga qöl urmoqda. Oliy ta’lim muassasalariga kiriş imtihonlarida eng yuqori ball töplagan 200 nafar yoşlar uçun Prezident granti joriy etilişi, imtiyozli ta’lim kreditlari ajratilişi, xalqaro ta’lim dasturlari böyiça eng yuqori ballarni töplagan iqtidorli yoşlarga e’tibor, yoş olimlar uçun tanlovlar, grant mablağlar, startap loyihalar, oliy öquv yurtlariga öqişni köçirişdagi özgarişlar, qulay test jarayonlari, bir vaqtning özida 5 ta OTMda bilimini sinab köriş imkoniyati va şu kabi köplab masalalar buning yorqin ifodasidir.

Yoşlar iqtidorini qöllab-quvvatlaş maqsadida “Mard öğlon” davlat mukofoti, “Kelajak bunyodkori” medali ta’sis etildi. Iqtidorli qizlar uçun beriladigan Zulfiya nomidagi davlat mukofoti har bir viloyatdan ikki nafardan qizlarga topşiriladigan böldi. Sovrindor qizlarga beriladigan imtiyozlar yanada köpaytirildi.

Jumladan, Farğona davlat universitetida yoşlar bilan işlaş, ularning iqtidor va salohiyatini yuzaga çiqariş, ilm-fanga bölgan rağbatini kuçaytirişga alohida e’tibor berilyapti. Ötgan bir yil içida mazkur sa’y-harakatlar yangi bosqiçga kötarilganini e’tirof etişimiz zarur. Zotan, 15 ta fakultet, sirtqi ta’lim va magistratura bölimlariga jam bölgan öttiz mingdan ortiq talaba-yoşlar, 700 nafarga yaqin yoş olim-izlanuvçilar bilan ulkan marralarga intilayotgan öz qadriyatiga ega universitet yildan yilga taraqqiy etib, yoşlikka xos şijoat, hayotsevarlik, intiluvçanlik bilan evrilib bormoqda.