Melburn federal sudi «Jokoviçning immigratsiya vaziriga qarşi işi»ni körib çiqdi va serbiyalik tennisçining arznomasini qanoatlantirmadi. Oldinroq Avstraliya immigratsiya vaziri Aleks Houk tennisçining vizasini bekor qilgandi. Sud tennisçining uşbu qarorni bekor qiliş böyiça arizasini qanoatlantirmadi. Jokoviçni antivakser deb hisoblagan sud uni mamlakatdagi sanitar holatni izdan çiqaradi degan xulosaga keldi.
Australian Close: Jokoviçning Avstraliyadagi sarguzaştlari
Nega bunday böldi?
Novak Jokoviç atrofida mojaro 5 yanvar kuni boşlangandi. Öşanda u Avstraliya vizasi bilan yaşil qit’aga keldi va koronavirusga qarşi emlanmagani uçun mamlakatga kiritilmadi. 17 yanvar kuni Avstraliyada «Katta dubulğa» tasnifidagi musobaqalarning birinçisi – Australian Open boşlanadi. 5 yanvar kuni mamlakatga kiritilmaganining özi Jokoviç uçun yomon signal edi, çunki kamida bir neça kun maşğulotlardan mosuvo bölişi uning imkoniyatlarini pasaytirib yuborardi. Ammo serbiyalik sportçining heç bölmasa musobaqa boşlanişidan bir kun avval mamlakatga kiriş uçun urinişlari ham besamar ketdi.
10 yanvar kuni Jokoviç sudda ğalaba qozonib, vizasini qaytib olgandi. Ammo tennisçi yolğon körsatma bergani va uning mamlakatga kiritilişi vaksinatsiya jarayoniga salbiy ta’sir qiladi deb hisoblangani uçun Jokoviçning vizasi yana bekor qilindi. Bir muddat karantinga olingan Jokoviç mehmonxonada jarayon nima bilan yakunlanişini kutişga majbur böldi. 16 yanvar kuni Avstraliya oçiq çempionatida 9 karra çempion bölgan Novak Jokoviç mamlakatdan çiqarib yuborildi.

Hukumatning da’vosi nima?
Dunyo sport jamoatçiligi bu holatda Jokoviçni qöllab-quvvatladi. Avstraliya sobiq boş vaziri Kevin Radd amaldagi boş vazir Morrison hukumatini populizmda aybladi: «Morrison hukumati yangiliklar olamida sarlavhalarni egallaş uçun Jokoviçning vizasini bekor qilibdi. Boşida unga qanaqasiga viza berildi bölmasa? Buning barçasi mamlakatda ekspress-testlar va koronavirusga qarşi boşqa testlar yetişmayotgani, dorixonalardagi böş rastalar uçun qilinayotgan tanqidlardan odamlarni çalğitiş uçun qilinyapti», dedi xususan hukumatning sobiq rahbari.















