O‘zbekiston | 17:44 / 17.01.2022
22450
3 daqiqa o‘qiladi

Koronavirusga PZR-testini 24 soat davomida bepul topshirish mumkin - SSV

SEO JSXning tuman va shahar bo‘limlarida sutkaning istalgan vaqtida koronavirusga bepul PZR-testini topshirish mumkin, deya Kun.uz'ga ma’lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Foto: AP

So‘nggi bir sutka ichida O‘zbekiston bo‘ylab 1037 kishida koronavirus aniqlandi va bu pandemiya boshidan buyon navbatdagi antirekorddir. Kasallik aniqlanish holatlari eng ko‘p Toshkent shahrida kuzatilmoqda. Shu bilan birga, juda ko‘pchilik o‘zida kasallik alomatlarini sezib, test topshirish harakatida yuribdi.

Poytaxtda ko‘pchilik xususiy klinikalarda pul to‘lab PZR test topshirish mumkin va aholi bu imkoniyatdan foydalanmoqda. Lekin aksariyat test topshiruvchilar davlat tomonidan tashkil etilgan, 24 soat davomida qabul qilinuvchi va bepul xizmat ko‘rsatiluvchi markazlar faoliyatidan bexabar.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati Toshkentda faoliyat yuritayotgan ana shunday muassasalar haqida Kun.uz'ga ma’lumot berdi.

“Yurtdoshlarimiz Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining har bir tuman va shahar bo‘limlarida shunday imkoniyatdan sutkaning istalgan paytida bepul foydalanishlari mumkin”, – deyiladi vazirlik axborotida.

Toshkentdagi 12 ta PZR tahlili o‘tkazish laboratoriyasi manzillari:

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Toshkent shahar boshqarmasi laboratoriyasining –

  • Olmazor tumani bo‘limi, Qorasaroy ko‘chasi, 341-uy.
  • Uchtepa tumani bo‘limi, Uchtepa tumani, Chilonzor 21.
  • Sergeli tumani bo‘limi, Sergeli 3-14.
  • Chilonzor tumani bo‘limi, Lutfiy-4-14.
  • Yunusobod tumani bo‘limi, Yunusobod 8-34.
  • Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi, Qarmoq ko‘chasi, 1 A-uy.
  • Bektemir tumani bo‘limi, Husayn Boyqaro ko‘chasi, 48-uy
  • Mirobod tumani bo‘limi, Sarako‘l ko‘chasi, 76-uy.
  • Shayxontohur tumani bo‘limi, Xadra massivi, 17A uy.
  • Yashnobod tumani bo‘limi, Maxtumquli ko‘chasi, 1-berk, 6-uy.
  • Yakkasaroy tumani bo‘limi, Bobur ko‘chasi, 2-berk A 22-uy.

Yangihayot tumani aholisi Sergeli tumani bo‘limi laboratoriyasiga murojaat etadi (Manzil: Sergeli tumani, Sergeli 3-14).

Mavzuga oid