Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda Qizil kitobga kiritilgan 3 bosh jayron xonadonda saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi
Nukus shahridagi A.Begimov ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro o‘z uyida Qizil kitobga kiritilgan sutemizuvchilar toifasiga kiruvchi 3 bosh jayronni saqlayotgani aniqlangan. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, holat yuzasidan joriy yilning 14 yanvar kuni ishchi guruh tuzilib, vaziyat o‘rganilgan. Natijada haqiqatan ham mazkur manzilda sutemizuvchilar turiga kiruvchi 3 bosh jayron borligi aniqlangan.
Yovvoyi hayvonlarni o‘zboshimchalik bilan boshqa joylarga ko‘chirish, iqlimga moslashtirish va chatishtirish taqiqlangani bo‘yicha tushuntiruv ishlari olib borilgan.
3 bosh jayron Davlat ekologiya qo‘mitasining Quyi Amudaryo davlat Biorezervatining «Nazarxan» OFYda joylashgan volerda vaqtincha saqlash uchun olib borildi, deyiladi rasmiy xabarda.
Bundan oldin Taxtako‘pir tumanida 14 bosh jayronni noqonuniy ovlagan brakonerlar qo‘lga olingandi.
Mavzuga oid
08:58 / 07.07.2026
«Surxon» davlat qo‘riqxonasida ilk bor jayronlar kuzatildi
10:21 / 13.05.2026
Surxondaryoda Qizil kitobdagi qushni ovlab, iste’mol qilganlar aniqlandi
14:39 / 06.05.2026
Qashqadaryoda baliqchi tabiatga yetkazgan zarar million dollarga baholandi
13:52 / 02.03.2025