«Elitada hech qanday ziddiyat yo‘q» - Nazarboyev namoyishlardan keyin ilk bor ko‘rinish berdi
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev namoyishlardan keyin ilk marta ommaga ko‘rinish berdi. U videomurojaat qilib, poytaxtdan hech qayerga ketmagani va elitada hech qanday qarama-qarshilik yo‘qligini aytdi.

Foto: elbasy.kz
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakatdagi norozilik namoyishlaridan keyin ilk bor xalqqa murojaat bilan chiqdi. Mamlakat bayrog‘i fonida gapirgan elboshi poytaxtda bo‘lib turganini aytdi. Uning videomurojaati Qozog‘iston prezidenti saytida e’lon qilingan.
«Yanvardagi voqealar butun Qozog‘istonni hayratga soldi. Bu tartibsizliklar mamlakat yaxlitligini yo‘qqa chiqarish uchun uyushtirildi. Bu voqealar yana bir bor ko‘rsatdiki, mustaqillik ko‘z qorachig‘iday ehtiyot qilinadigan mo‘rt idishga o‘xshaydi. Bo‘lib o‘tgan voqealar barchamizga dars bo‘lishi lozim. Bu to‘polon va qotilliklarning tashkilotchisi kim ekanini aniqlash kerak. Tergov bu savolga javob beradi.
Halok bo‘lganlarning yaqinlariga chin dildan ta’ziya bildiraman. Jarohatlarganlarga esa tezroq tuzalib ketishini tilayman.
Mening manzilimga OAVda yog‘ilayotgan gaplarga javob berar ekanman, 2019 yil prezidentlik vakolatini Qosim-Jo‘mart To‘qayevga topshirganimni eslatmoqchiman. Shundan buyon pensionerman. Hozir esa Qozog‘iston poytaxtida munosib dam olyapman, hech qayerga ketganim yo‘q.
Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatning to‘laqonli rahbari. U Xavfsizlik kengashi raisi va tez orada «Nur Otan» partiyasi raisligiga ham saylanadi. Bu boradagi mish-mishlar asosga ega emas.
Hammaga ma’lumki, men 30 yil davomida Vatanim uchun yeng shimarib ishladim. Biz uning chegaralarini mustahkamladik, samarali islohotlar o‘tkazdik. Birgalikda Qozog‘iston mustaqilligini mustahkamladik, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda katta yutuqlarga erishib, ko‘plab ko‘rsatkichlar bo‘yicha nafaqat Markaziy Osiyoda, balki MDHda yetakchiga aylandik. Qozog‘iston dunyo taniydigan davlatga aylandi. Bunga millatimiz birdamligi bilan erishdik.
Mamlakat tinchligi doim mening bosh maqsadim bo‘lgan. Bu bebaho qadriyatimizni asrashimiz kerak. Albatta, bu inqirozdan o‘tamiz va yanada kuchli bo‘lamiz.
Qadrli vatandoshlar, sizlarga salomatlik tilayman. Davlat rahbari lavozimida men olib borgan islohotlarni qo‘llaganingiz uchun minnatdorman», dedi Nazarboyev murojaatida.

- 1990–1991 yillarda Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston SSR prezidenti bo‘lgan, keyinchalik mustaqil Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidentiga aylangan. 2019 yilda davlat rahbari lavozimidan ketgach, u davlat boshqaruvida keng vakolatlarga ega bo‘lgan Xavfsizlik kengashi raisi lavozimini egallagandi.
- Qozog‘istondagi norozilik namoyishlari boshidan buyon Nazarboyev ommaga ko‘rinmayotgandi. 5 yanvar kuni Qosim-Jo‘mart To‘qayev Xavfsizlik kengashi raisi lavozimida Nazarboyevning o‘rnini egallaganini e’lon qildi. Sobiq prezident va uning oilasi mamlakatni tark etgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Elboshining matbuot kotibi u Qozog‘istonda qolgani va o‘z xohishiga ko‘ra Xavfsizlik kengashi rahbarligini topshirganini ma’lum qildi.
- Namoyishlar ortidan Nazarboyevning oila a’zolari yirik davlat kompaniyalari, davlat organlari va hukumat bilan aloqador tashkilotlardagi postlarini yo‘qotdi. Qozog‘iston birinchi prezidentining katta qizi — parlament deputati bo‘lmish Darig‘a — yanvar oyi oxirigacha parlament quyi palatasining yalpi majlislarida qatnashishdan bosh tortgan. Uning matbuot kotibi buni u koviddan keyingi tiklanish jarayoni bilan izohlagan.
Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sergey Lavrov Ukrainadagi urushni tugatish uchun ikkita asosiy shartni aytdi
Jahon | 21:20
-
Andijonda 9 yoshli ikki bola fermer xo‘jaligi hovuziga cho‘kib ketdi
Jamiyat | 20:51
-
Chorvoq suv omboriga oqova suv quyilayotgani rad etildi
Jamiyat | 20:44
-
Turkiyalik 12 askar Iroqdagi g‘orda metandan zaharlanib halok bo‘ldi
Jahon | 20:38
Mavzuga oid

23:07 / 05.07.2025
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi

16:00 / 04.07.2025
G‘arbiy Qozog‘istonda sayg‘oqlarni ovlash boshlandi

20:13 / 01.07.2025
Qozog‘istonning Rossiya bilan chegarasida yuk mashinalari to‘planib qoldi

20:14 / 30.06.2025