“Imtiyozbozlikdagi oğriqlar yoxud ularni oçiqlaş uçun bir hafta kerak emas”

— Hozirgi kunda 6 mingdan ortiq kompaniyalar mol-mulk soliğidan ozod. Töğri, ular orasida, masalan, ta’lim va tibbiyot sohasidagi obektlar ham bor, lekin şu 6 mingtani faqat şular taşkil qilganida e’tiroz bölmasdi. Röyxatda Tashkent city'ga öxşagan eng boy obektlar ham borki, bu eng adolatsiz.

Moliya vaziri örinbosari Dilşod Şuhratoviç bir hafta içida hamma imtiyozlarni oçiqlaşini aytdi. Menimça, bu ma’lumotlarni oçiqlaş uçun bir hafta şart emas. Moliya vazirligida tayyor turgan ma’lumot. Çunki, 10 foiz soliqni kim tölamayapti, degan ma’lumot ularda dasturxondek turibdi.

Soliq siyosati ma’lum doiradagi şaxslar uçun alohida, keng omma uçun alohida qöllanmoqda. Bu jihatdan adolat bölmayotgani uçun e’tiroz juda katta. Nega Tashkent city'dagi obektlar mulk soliğidan ozod? Nega Özbekistondagi auditorlik korxonalari QQS tölovçisi bölmoqda-yu, dunyo böyiça eng yirik auditorlik kompaniyalar Özbekistonga kelsa, ular soliqdan ozod? Bu savollarga javob berilgani yöq.

DSQ raisi aytgan “ozgina kamçiliklar” katta muammolarni tuğdirmoqda

— Elektron hukumat hamma joyda masala bölmoqda, DSQ şunga harakat qilmoqda. Lekin harakat qildi degani epladi degani emas. Matbuot anjumanida DSQ raisi Şerzod Qudbiyev: “Töğri, dasturlarimizda ozgina kamçiliklar bor”, deb aytdilar, asosiy fojia şu yerda. Masalan, “Tahlil-tahlika” dasturi orqali kontragentingiz qança soliq tölamaganini sizga körsatib turamiz, deyişyapti. Ha, maqsad şunaqa, lekin dastur 70 foiz ham töğri işlamayapti.

Tasavvur qiling, siz bilan men 10 yildan beri birga işlab kelyapmiz, lekin siz menga hisob-faktura bersangiz, men dasturda tekşirganimda “qizil” (şubhali soliq tölovçi)da turganingiz oydinlaşdi. Eng yomoni, dastur töğri işlamay, kontragentni şubhali soliq tölovçi, deb körsatmoqda, aslida bunday bölmasa ham. 10 yillab birga işlab kelgan tadbirkorlar hammasi bir-biriga şubha bilan qaray boşladi.Bu biznesdagi soğlom muhitni buzib qöymoqda.

“Şubhali” soliq tölovçi soliq tölamagan bölsa, yoki yöq tovarni sotgan bölsa, dastur bu soliq tölovçi “şubhali” (qizilda) deb körsatişi kerak. Amalda siz özingiz çet eldan narsa import qildingiz, men sizdan tovar sotib olib,  hisob-fakturaga elektron imzo qöymoqçi bölsam, dastur sizni “şubhali korxona” deb körsatmoqda. Sababini bu heç kimdan tovar sotib olmadi, deb körsatmoqda.

Keyin men sizga: “Siz şubhali korxona ekansiz, soliq organiga murojaat qilib, buni tuzatmasangiz, siz bilan işlamayman”, deb hamkorlikni töxtataman. Siz esa asosiy faoliyatingizni qöyib, soliq organiga borib: “Nima uçun qizilga tuşdim?” desangiz, bir yoş kadr bamaylixotir: “Heç narsa qilmaydi, sizlar kim bilan işlayotganingizni körsatadi. Bu dasturning xatosi ekan-da”, deb qöyadi.