20 yanvar kuni Markaziy bank boşqaruvi yiğilişida yillik asosiy stavkani 14 foiz darajasida özgarişsiz qoldiriş töğrisida qaror qabul qilindi. Yiğiliş yuzasidan Markaziy bankda matbuot anjumani bölib ötdi. Unda MB raisi Mamarizo Nurmurodov banknotlar yuzasidan savollarga javob berdi.

200 000 sömlik banknota ham çiqariladi

Nurmurodov naqd pul strukturasini özgartirib borib, naqd pulni odamlar uçun qulay tölov vositasiga aylantiriş maqsad qilinganini ta’kidladi. 2 yildan keyin esa yangi 200 ming sömlik muomalaga çiqarilişini aytdi va bunga qanday zarurat borligi haqida töxtaldi.

“Banknotlarning yaxşi himoyalangan seriyasini çiqarişni boşladik, hozir 100 mingtagaça çiqardik. Naqd pul muomalasini taşkil qilişda ma’lum bir özining qonuniyatlari bor, bu qonuniyatlar mamlakatda şakllangan örtaça iş haqidan kelib çiqib, banklarning banknot strukturasi belgilanadi. Bu bilan biz muomaladagi naqd pulni optimallaştiriş jarayonini amalga oşirmoqdamiz.

2017 yilda ilk bor 50 ming sömlik banknotni çiqarganimizda, muomaladagi naqd pul miqdori aholi jon boşiga 489 donani taşkil qilardi. Ya’ni Özbekistondagi har bir kişiga qiymati turliça: 200, 500, 1000 söm bölgan 489 dona pul birligi töğri kelgan. Bugungi kunga qadar bu körsatkiçni ikki barobardan köproqqa qisqartirdik. Hozir aholi jon boşiga töğri keladigan pul birligi soni 200 donadan sal oşadi.

Maqsadimiz – banknotlar strukturasini özgartirib borib, naqd pulni odamlar uçun qulay tölov vositasiga aylantiriş. Şu sababli bu işimiz keyinçalik ham davom etadi. 2024 yilda 200 ming sömlikni muomalaga çiqarişni reja qilyapmiz”, – dedi MB raisi.

Şuningdek, u pullar almaştirilayotgani inflatsiyani tezlaştirmasligini aytdi. Yangi pullarni bankomatlar orqali beriş tez orada boşlanişini ta’kidladi.

1000 sömlik pul nega yangilanmay qoldi?

Foto: Kun.uz

Mamarizo Nurmurodov 2021 yilda Özbekistonda muomalada bölgan barça banknotlar içida faqat 1000 sömlik yangilanmay qolganini izohlab, kelajakdagi rejalar haqida gapirdi.

“Maqsadimiz ming sömlik pulni qayta qoğozli şaklda çiqariş emas. Ming afsus, hayotimizdan tanga pullardan foydalaniş çiqib ketdi. Oldin 1000 sömlikni çiqarganmiz, lekin undan foydalaniş darajamiz muomaladan çiqib ketdi, niyatimiz ming sömlikni tanga pulga aylantiriş. Çunki eng köp qöllanadigan pul belgilaridan biri – 1000 sömlik banknota, 500 sömlik tanga va 2000 sömlik banknota, şu sababli buni ham tanga şakliga ötkazsak, bu birinçidan, pul muomalasini taşkil qilişdagi xarajatimizni kamaytiradi, ikkinçi tarafdan, işlatişga qulay şaklda böladi”, – dedi u.