Loyiha davomida juda köp tadbirkorlarning işlari bilan tanişamiz, foyda-zararni körib çiqamiz, hikoyalarga quloq tutamiz. Bu galgi körsatuvimiz qahramoni bilan muloqot qilib özimiz uçun ham juda katta ma’lumot va taassurot oldik. Bir qaraşda oddiygina hunar —  sartaroşlikni yetarli darajada biznesga aylantira olgan, yaqin kunlarda yangi filiallar oçişni reja qilib turgan brend bilan yaqindan tanişdik.

Toşkent şahrining “Milliy boğ” metro bekati yaqinida joylaşgan, Brohouse erkaklar saloni asosçisi Akmal Ahrorxöjayev, bolalik yillari, avtohalokat tufayli yurolmay qolgani, sinovlardan matonat bilan ötib kelayotgani haqida gapirib berdi: “Bolaligimda onam, jarroh bölişimni xohlardilar, otam esa “Öğlim biron bir kursining egasi böladi” derdilar. Özim esa san’atkor bölişni orzu qilardim. Ammo otam san’atkor bölişimga qarşi bölganlar, şundan söng men sartaroşlik kasbini tanladim. Buni qarangki, tanlagan kasbim bilan, qaysidir ma’noda birvarakayiga uçta insonning orzusini amalga oşirdim. Hozir bir emas, bir neça kursining egasiman, jarrohlar qayçi işlatgani kabi, men ham har kuni qayçi işlataman, bemorlarim esa soç oldirişga kelgan mijozlarim. San’atga qiziqişimga keladigan bölsak, juda köp san’atkorlar bilan birga işlaşga töğri keladi. Ular bilan turli xil konsert dasturlari va bayram tadbirlarida birga işlayman”, — deydi qahramonimiz.

Avtohalokat sabab Akmal Ahrorxöjayevning oyoqlari bir yilça butkul harakatlanmay qoladi. Endigina stilistlik işlari yurişa boşlagan qahramonimiz ruhiy tuşkunlikka tuşib, qanday qaror qabul qiliş borasida boşi qotadi. Çunki Toşkentda bu jarrohlik amaliyotini amalga oşirişga imkon, Hindistonda esa ijobiy natijaga kafolat bölmaydi. Voqelikning davomini muallif tilidan hikoya qilamiz:

“Allohga tavakkul qilib operatsiyaga rozi böldim va Hindistonga uçib ketdik. Uç kun operatsiya qilişdi. Özim bilmayman, 11 kun behuş yotgan ekanman. Atrofdagilar va şifokorlar umidini uzişgan ham ekan. Alloh mehribon, men yana közimni oçdim. Maxsus şaroitda Özbekistonga uçib keldik. Yurib ketişimga umid bildirişmadi. Doim qimirlab, işlab turgan yigitning töşakka mixlanib qolişi çiroyli holat emaskan. Uyda akamlarga iltimos qilib, yotoğim oldiga turnik yasattirib oldim. 6-7 oy tinimsiz maşq qilib tortildim. Keçalari oyoğimga ğişt boğlab yotdim.