Andijon viloyati IIB axborot xizmatining qayd etişiça, Baliqçi tumanida yaşovçi fuqaro T.U. şu yilning sentabr oyida Andijon şahri Istiqlol köçasida joylaşgan harbiy kiyimlar tikiş bilan şuğullanuvçi savdo dökonidan 3.000.000 sömga içki işlar organlarining barça mavsumiy kiyimlarini töliq holatda tiktirib, uşbu kiyimda bir neça marotaba Andijon şahriga kelgan va fuqarolarga özini  içki işlar xodimi sifatida taniştirgan. Ularga turli masalalarda qonuniy yordam berişligini aytib, tamagirlik yöli bilan pul talab qilgan.  

Fuqaro T.U. 2021 yilning dekabr oyida Andijon şahar, "Sarvontepa" MFY, Sujjat köçasi 11-uyda yaşovçi fuqaro Q.F.dan fuqarolik pasportini yangilab beriş evaziga 1.100.000 söm miqdorda, şuningdek, Q.F.ning turmuş örtoği U.O.dan nikoh guvohnomasi qildirib beriş evaziga 900.000 söm pullarni tamagirlik yöli bilan olganligi ma’lum böldi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon şahri böyiça IIOFMB tomonidan tergovga qadar tekşiriş işlari olib borilmoqda.