Voyaga yetmaganlarga yordam ko‘rsatish markazlarini ta’mirlash va qurishga 34,9 mlrd so‘m ajratiladi

Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlarini kapital ta’mirlash, jihozlash va qurish bo‘yicha 2022 yilga mo‘ljallangan dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Loyiha Vazirlar Mahkamasining “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 9-bandi beshinchi xatboshida belgilangan ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlarini kapital ta’mirlash, jihozlash va zaruratga ko‘ra qurish bo‘yicha 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan dasturni ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi ijrosini ta’minlash maqsadida, Ichki ishlar vazirligi hamda Qurilish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.
Bildirilishicha, qaror loyihasi qabul qilinishi natijasida markazlarga olib kelingan hamda saqlanayotgan, ota-ona yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar nazoratisiz va qarovisiz qolgan, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi oilalarda yashayotgan, davlat va jamoatchilik yordamiga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmaganlarning yashash sharoitlari yaxshilanadi, ularning ijtimoiy-huquqiy himoyasi ta’minlanadi.
Qaror loyihasi bilan markazlarni kapital ta’mirlash, jihozlash va qurish bo‘yicha 2022 yilga mo‘ljallangan dastur tasdiqlanib, respublikada joylashgan 13 ta markazlarni kapital ta’mirlash, jihozlash va qurish bo‘yicha ehtiyojlar o‘rganilgach, zaruratga ko‘ra qurilishi lozim bo‘lgan markazlar, ularni kapital ta’mirlash, jihozlash va qurishning moliyaviy manbalari belgilanmoqda.
Dasturga kiritilgan obektlar bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarining vakolatli organlar tomonidan ekspertizadan o‘tkazilishi, belgilangan tartibda qurilish-montaj ishlarini bajarishda shaharsozlik normalari va qoidalariga so‘zsiz rioya etilishi yuzasidan nazorat qonunchilikda belgilangan tartiblarga ko‘ra Qurilish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Qaror loyihasini qabul qilish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlar talab etiladi. Ushbu xarajatlar miqdori dastlabki hisoblarga ko‘ra, 34,9 mlrd so‘mni tashkil etib, amalga oshiriladigan ishlarning qiymati loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlangandan so‘ng aniqlashtiriladi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin va Tramp Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi – Kreml
Jahon | 23:40 / 04.06.2025
-
«Pautina» operatsiyasi: Rossiya qanday javob beradi?
Jahon | 22:38 / 04.06.2025
-
Nexia ostida qolgan ayol, 361 kg eshak go‘shti va korrupsioner hokim yordamchilari - 4 iyun yangiliklari
O‘zbekiston | 22:31 / 04.06.2025
-
Putin yaqinda aerodromlarga uyushtirilgan hujumlarga javob qaytarishga majburligini aytdi – Tramp
Jahon | 22:24 / 04.06.2025
Mavzuga oid

15:29 / 27.05.2025
1 iyundan o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar uchun “Faol hayotga qadam” dasturi joriy etiladi

13:58 / 03.02.2025
Dohada Vatandoshlar markazini tuzishga kelishib olindi

11:38 / 01.02.2025
“Cherry mashinasi bor, ammo...” – muhtoj sifatida nafaqa olayotgan 20 mingdan ortiq oila reyestrdan chiqarildi

10:21 / 22.01.2025